Get Mystery Box with random crypto!

Natijani faqat doimiylik beradi 2022 yil, 17 aprelda men diqq | Jamshid Hasanov

Natijani faqat doimiylik beradi

2022 yil, 17 aprelda men diqqat eʼtiborimni oshirish uchun shaxmat o‘ynashni o‘rgandim.

Va kuniga kamida 1 partiya o‘ynab keldim. «Mag‘lubiyatlar seriyasi» 80 kun davom etdi. Reyringim 1200 dan 280 ga tushib ketdi.

10ta o‘yinimdan 1tasida g‘alaba qozonar edim.

Men vaqti kelib eksponental o‘sish bo‘lishiga ishonganman. Va o‘sha o‘sish endi boshlandi. «Galabalar seriyasi» boshlandi.

Har qanday narsani boshlab olish oson. Yangi narsa bilan endi tanishayotganingizda miya «defominga» to‘ladi. 

Tez o‘sishdan zavq olasiz.

Lekin bu kam davom etadi. Va tez o‘sish o‘rniga «plato» keladi.

Bu bosqichda siz hech qanday «progress» sezmaysiz. Shundan o‘tib olsangiz marra sizniki. 

«Plato» haftalab, oylab va yillab davom etishi ham mumkin. 

@abroritblog