Get Mystery Box with random crypto!

1. Dunyo bo‘yicha kasalliklarni katta qismi asabga borib taqal | Jamshid Hasanov

1. Dunyo bo‘yicha kasalliklarni katta qismi asabga borib taqaladi. Kamroq jahl qilish, ko‘proq hotirjam bo‘lish esa doimiy muammo. Buni panda ham qidirgan. Ichki hotirjamlik.

2. Bo‘lar-bo‘lmasga asab bo‘lmasliging uchun. Bo‘lar va bo‘lmasni bir-biridan ajratib olishing kerak ekan. Shunda behudaga jahling chiqavermaydi.

3. Ruhiy tarbiya kitobida shu manodagi maslahat berilgan: vaqtni orqaga qaytara olmaysan, shuning uchun jahl qilish o‘rniga, muammoni hal qilish yo‘lini qidir.

4. Juda ko‘p buyuklar shunday paytlarda hissiyotga berilishmagan. Jahllari chiqqan ko‘p holarda shunchaki gapirmay ketishgan, ya‘ni indashmagan.

5. Indamaslik orqasidan esa xato qilgan inson ko‘proq o‘ylanadi, qaysi xatoyim uchun bunisimi yoki unisi. Natijada o‘zini-o‘zi taftish qilish boshlanadi. Va ko‘p xato va kamchiliklar yo‘qoladi.

6. Jahl chiqqanda baqirib, xaqorat qilish xato qilgan insonni ko‘ngliga ozor beradi. Bu esa yomon holat.

P.S
Bosiqlik, kam gapirish orqali hech kimni boshini og‘ritmaysan, hech kim sani boshingni og‘ritmaydi. Tinch va osuda hayot - Hakuna Matata :)

@khasanov_blog