Get Mystery Box with random crypto!

Xavotirman. Allohim, go‘zal umidlar ila keldim. Nuqsonlarga e | Jamshid Hasanov

Xavotirman.

Allohim, go‘zal umidlar ila keldim. Nuqsonlarga ega holimda, kamchiliklarga to‘lgan holimda, ibodatlarga oqsab keldim.

Dunyoga chalg‘igan nafsim ila keldim. Gunohlarga boygan, fursatlarni qo‘ldan chiqargan holimda keldim. Aytganlarimga amal qilolmay keldim, tayyor bo‘la olmay keldim.

Allohim o‘zingga keldim. Avfingdan umidvor holda, juda oz tavbam bilan keldim. Rahmingni istab, jannatlarni istab keldim. Mehringni istab, qilgan ishlarimdan qizargan holimda, huzuringa keldim.

Meni holimga tashlama, ojiz qulingni qabul et!

Shaxzod Isayev
21.04.2022





@khasanov_blog