Get Mystery Box with random crypto!

BIR QIZ TAQDIRI 28 - QISM (davomi) Kech soat 22:21 Telefon | Kechir sevgim

BIR QIZ TAQDIRI 28 - QISM

(davomi)

Kech soat 22:21 Telefon qildim.
Muhriddin akamni nomerlari bant (ojidanya) o'chirdim.
Ilgari telefon qilsam birozdan so'ng tez qaytarardilar. Bu gal qaytarmadilar, (ojidanya) ni ham ko'tarmadilar. Lekin men tinimsiz telefon qildim.
Axiri telefonni ko'tardilar.

- Namuncha telefon qilaverasan?

- assalomu alaykum kim bilan gaplashayabsiz?

- Aytishim shartmi?

- Buyruqmas iltimos. Kim bilan gaplashayabsiz?

- Bittasi bilan.
Yuragim qinidan chiqgudek urar, qo'lim qaltirab ovozim ham chiqmasdi.
(yig'lab) so'zlardim.

- Hazilmi bu

- Nega hazillashaman?

- Kim ayting iltimos.?

- Aytganim bilan tanimisanku.

- Sevasmi?

- Nima farqi bor?

- Qachon tanishdiz?

- E ezmalanma Mohi keyin telefon qilaman.

Dedilaru telefonni o'chirdilar.
Man o'sha paytda nima qilishimni bilmasdim. Hayolimga kelgan fikir tinimsiz telefon qil derdi va man Muhriddin akamga tinmey telefon qilardim.
(ojidanya) (ojidanya)
Axiri telefon ko'tarildi va telefon Aloqalar ulandi yani (konferensya)

- Muhriddin aka iltimos ayting kim bilan uladiz?

Shunda boshqa linyadan begona qiz ovozi jarangladi.

- Muhriddin akangiz hotiniga uladi.

Dovdirab qolsamda o'zimni pasga urgim kelmay gapiga javoban:

- Assalomu alaykum.

- Volekum assalom. Kotta qiz bo'ling.

- Muhriddin aka endi tushuntiring kim bu qiz?

- Ana tanishib ham oldilaringmi?

- Siz nega begona oilali erkakga telefon qilyabsiz?

- Men sizdanmas Muhriddin akamdan so'ryabman.

- .an aytyabmanku Muhriddin akeizni hotiniman deb. Yana qanaqa javob kere sizga?

- Muhriddin aka men tushunmayabman.
Sizni tanimayabman.

Shu orada Muhriddin akam u qizni gapiga kuldimi yoki yo'qmi bilmadimu lekin o'sha paytda manga judayam og'ir botdi va telefonni o'z hohshim bilan birinchi martta o'chirdim.

Telefon o'chirib ko'zimdagi yoshlarni surtgunimcha Muhriddin akamdan telefon keldi. Lekin o'sha kuni judayam ranjiganim sabab telefonlarini ko'tarmadim.
Muhriddin akamga sms yubordim.

"""Muhriddin aka hecham mani boshqalarga ayniqsa bir qiz oldida kuldirib qo'yasiz deb o'ylamagandim.
Raxmat hammasini tshundim. Sizni sevaman. Baxtli bo'ling."""

Sms ketdi o'qildi
Yana telefon bo'ldi lekin o'sha payt telefonimni tag tugi bilan o'chirdim.
Mazza qilib yig'ladim o'zimni uyoqga buyoqga urudim lekin uyqim kelmadi.
Bir soatlar chamasi telefonim o'chiq turdi lekin yana Muhriddin akamni sog'indim.


(davomi bor)


@Salih_Blogger


T.me/Muhabatim_Armonim
Sevgisi armor bôlgan dillar manzili