Get Mystery Box with random crypto!

BIR QIZ TAQDIRI 28 - QISM (davomi) Hayollar og'ushida Muhri | Kechir sevgim

BIR QIZ TAQDIRI 28 - QISM

(davomi)

Hayollar og'ushida Muhriddin akam bilan hayolan suhbatlashib o'tirgan vaqtimda hayolimni tarqatvorgan narsa eshik taqillagani edi.
Bu bosh hamshira edi.

- Kim bor buyerda ochinglar. Oshxonani ham qulflab o'tiradimi ochinglar.

- Hozir hozir boryabman.

Eshikni ochdim.
Shunda bosh hamshiramiz Feruza opa mani ko'rib kulimsirab qaradilarda gap boshladilar.

- Eee Mohi nima qilyabsiz?
Kim bilan o'tiribsiz eshikni ichkaridan qulflab olib a?

- Qo'ymisizda Feruza opa. Qareng hech kim yo'q shunchaki yolg'iz qolgim keldi.

- Hm mayli palataga boring bugun Erkin aka sizga yangi ukol yozgan qo'yib qo'yaman.

- Tomirdanmi Feruza opa?

- Ha. Tomirdan.

- Ho'p unda borib tayyorgarlik ko'ray.

Oshxonadan chiqib ketdim.
Palataga kirdimu yana telefonimga qaradim. Muhriddin akamni rasmini yana bir bor ko'rdimu suratlarini telefonim foniga qo'yib qo'ydim.

Muhriddin akamni suratini ko'rib hursand bo'lganimdan shuncha dardimni unutdim. Agar o'zlari bilan uchrashsam bilmadim butunlay tuzalib ketsam kerak deb kulib qo'ydim.

Shu bilan men uchun baxtiyor kunlarim boshlandi. Muhriddin akam bilan tunu kun tun telefon orqali gaplashardik. Shu orada manga shifoxonadan uyga javob berdi. Uyga borganimda ham telefon aloqa bir oz qiynasada tinimsiz gaplashardik. Ertaga nima bo'lishidan qatiy nazar men bugun baxtli edim.

Muhriddin akam ham mani ko'nglimga qarardilar baʼzida esa rashki ustun kelsa kichik kelishmovchiliklar tufayli urush ham bo'lib turardi.
Lekin tezda yarashardik. Telegramda mendan har kuni suratimni so'rardilar.
Kasal insonni holati qanday ekanlikligini hamma bilsa kerak. Shunda ham Muhriddin akam har suratimni ko'rganlarida { Puchikvoyim judayam chiroylisan } derdilar.

Muhriddin akamni ayni damda mandan boshqa hech kim bilan gaplashmasliklarini aniq bilardim.
Noyabr oylarining 29 kuni. O'sha kuni erta tongdan yuragim g'ash uyg'ondim. Darxol uyimda kim bor kim yo'q aniqlik kiritdim. Hamma uyda tinch lekin yuragim g'ashligi hech ham tarqalmasdi.

Telefonimga qaradim hech kimdan telefon bo'lmagan. Muhriddin akam ham telefon ham qilmagan sms ham yozmagan. Muhriddin akamga telefon qildim telefonlari o'chirilgan.
Ssms yozdim.

"""Assalomu alaykum Yaxshi dam oldingizmi?
Nega raqamingiz o'chiq?
Havotirdaman. Telefon yoqilgach telefon qiling iltimos. Mohi...!!! """

Sms ketdi lekin o'qilmadi.

Judayam havotirda edim.
Hecham bunchalik uzoq yo'q bo'lib ketmagandilar.
Yig'lardim hudodan ertayu kech sog'ligini so'rab iltijo qilardim.
Telefonimga tiq etsa qarardim. Tushlikga yaqin telefon qilib ko'rdim yana o'chiq. Telefonlariga sms
Yozdim.

"""Assalomu alaykum qayerdasiz hayotim?
Iltimos telefonizni yoqsangiz bir og'iz men sog' - salomatman deb qo'ying.
Ko'nglim hotirjam bo'lsin iltimos. Sevaman sizni"""

Yubordim. Lekin sms o'qilmadi. Chunki telefon o'chiq edi.
Kechga yaqin telefonim 2 martta o'chib yonib (signal) tovush berdi. Yugurib borib telefonimga qarasam Muhriddin akamga hatlarim yetib boribdi.
Darxol telefon qildim. Uzoq gudokdan keyin telefonlarini ko'tardilar.

- Asalomu alaykum qalesiz?(yig'lab)

- Volekum assalom. Ha nima gap telefonim yonganidan telefon qilding tinchlikmi?
Uff nega yig'lisan?

-Havotir oldim axir. Tinchmisiz?

- Ha yaxshiman nima qilardi manga?

- Hech nima qilmasin ham

- Bo'pti keyin telefon qilaman chiroq o'chganiga telefonim antenasi chiqmadi.
Hozir keldi biratola telefonim zaryadlab olay keyin gaplashamiz.

- Iltimos yo'q bo'lib ketmang.

- Yaxshi.

Muhriddin akam negadur berfarqday tuyulardi nazarimda.
Telefon o'chgach o'zimni o'zimni ovutardim. Muhriddin akam bilan gaplashdimku ovozini eshitdim, biroz bo'lsada ko'nglimni hotirjam qildim deya o'zim bilan o'zim gaplashib quvondim. Zaminimga kech tushdi yana Muhriddin akamga telefon qildim. Gudok ketdi. Ko'tarmadilar.
Manimcha dam olyaptilar deya kechga yaqin telefon qilishga axd qildim.


(davomi bor)


@Salih_Blogger


T.me/Muhabatim_Armonim
Sevgisi armor bôlgan dillar manzili