Get Mystery Box with random crypto!

Qo'shiq haqida: Qizig'i aynan shu qo'shiqi paydo bo'lishi Kla | Farzona Kayumova I Tilsim

Qo'shiq haqida:

Qizig'i aynan shu qo'shiqi paydo bo'lishi Klarksonni 6 yoshida ota-onasining ajrashishiga bog'liq. Qo'shiq uning onasiga bo'lgan munosabatini tasvirlagan. Ajralish sodir bo'lganda, uning onasi doimo band va kichkina Kelli (Kelly Clarkson) shu tufayli o'zi ovqatlanish uchun sendvich tayyorlashga majbur bo'ladi.
Qo'shiqda Klarkson ota-onasi qilgan xatolarga yo'l qo'ymaslikka harakat qilgani va ajralish tufayli u sevib qolishdan qo'rqib, ota-onasi boshdan kechirgan azoblarni boshdan kechirishdan qo'rqishini kuylaydi.
O'zining Breakaway DVD-sida Klarkson bu qo'shiqni "American Idol" musobaqasida yutib chiqishidan ancha oldin yozishni boshlagani aytgan.
Kelli 16 yoshda partyda bir kecha do'stlari bilan birga qoladi va ular keksa odamlar/tengdoshlar o'rtasidagi munosabtani tahlil qilishni boshlashganida qo'shiqni yozishni boshlagan edi.. U qo'shiqning demo lentasini prodyuserlar Devid Xodjes va Ben Mudiga (sobiq Evanescence) yuboradi, ular qo'shiqni yoqtirib, u bilan birga ishlashga rozilik berishgan.
Klarkson Entertainment Weekly nashriga 2011-yilda bergan intervyusida nima uchun u ushbu qo'shiq bilan xotiralarni yodga olishi haqida aytgan: "Menimcha, men uni albomga kiritish uchun juda ko'p harakat qilganman va o'sha vaqtda hamma sokin qo'shiqlarga qarshi bo'lishgan bo'lsa ham ularni eshitmagandim. Qo'shiq uchun kun bo'yi ishladim, uxlamadim, shunchalik toliqqanimdan burnim qonab kasal bo'lganman. O'ylaymanki, men o'sha qo'shiq tufayli o'zimdan faxrlanaman— uni albomga kiritganim uchun, chunki u butun dunyo bo'ylab 1-o'ringa chiqmaguncha va hamma uni kuylamaganuncha hech kimga yoqmagan edi. Men esa unga erishdim"
Klarkson Buyuk Britaniyaning The Guardian gazetasiga bergan intervyusida: "Siz ham dardni ushlab qo'shiq yozishingiz mumkin. Bu qo'shiq haqiqatan ham men yozgan eng dardli qo'shiqdir. Men uni "Minnatdorchilik aytish" maqsadida yozishga harakat qildim va shuni tushundimki, bu orqali men o'zimni aldashda davom etmoqdaman. Keyin, unga bor hissiyotimni berdim.".


P.S. Ochig'i, qo'shiq ayriliq haqida deb o'ylagandim, operani tahlil qilayotganimda behosdan shu qo'shiqni you tubedan qo'yib yuboribman (ketma-ketlikda o'tib ketgan). Keyin tahlil qiligim keldi, chalg'ish uchun. Siz ham eshitib ko'ring.