Get Mystery Box with random crypto!

'Suhbat' U ajoyib edi.. Kulardi-yu, shunchalik o'zi | Farzona Kayumova I Tilsim

"Suhbat"

U ajoyib edi.. Kulardi-yu, shunchalik o'ziga zor qilardi, uni o'ylashdan boshqa ishim yo'q edi huddi. U uchun kunduzi uxlab, tunlari bedor o'tardim. Muhimi, u yolg'iz qolmasin. Unda men borligimni bilsin, muhimi u uchun borman. U bilan suhbatlashishdan oladigan zavqim, o'qiydigan kitobimdan ham muhimroq edi, undan oladigan bilimimni kitobdan umuman ola olmasdim. Nahotki? U jodugarmi? Uni his qilishim uchun u yozgan har jumlani 7 marta o'qishga mahkum edim. Unga mahkum edim.
Uning ovozi shunchalik sokin ediki, uning mayinligidan qalbimda issiqlik jo'sh urardi, hayotimda unga o'xshaganini uchramaganman. Har safar uni o'ylardim, yaxshimi, sog'lig'i joyidami, ahvoli qanday ekan, nima qilayotgan ekan...
O'zim ham bilmayman, u qanday malak? Uni yomon desam ham, rashkim unga nisbatan qo'zg'alaverardi, uni qizg'onardim, hammadan, hatto o'zimdan ham. U shunchalik mukammal ediki........ Ya Alloh nima deyapman? Sendan-da mukammalroq zot yo'q, lekin ul "qalbim o'grisi" shunchalik kuchli, shunchalik aqlli, shunchalik qiziquvchan, dunyodagi bor ilmni bilib olishga bo'lgan shoshishi, meni ham uni ishqida har soat yonib yashashimga majbur qilardi.
U meni senga yaqinlashtirdi, u meni senga bo'lgan najotlarimni ko'paytirdi, u meni seni yanada ko'proq yaxshi ko'rishimga jalb etdi. Har tong Bomdod namozida sajdaga boshim egilgan chog', sendan uning umrini uzunroq bo'lishini so'rashimga yolg'iz guvoh o'zingsan. U shunchalik shaddod, tinmay nimadirlar bilan band, ayt uni qanday sevmaslik mumkin? Sevgi?
Tavba, men tuppa-tuzuk "oshiq" bo'libman-ku, ya tavba... Uni sevmasligini bilib oshiqman, uni yaxshi ko'rmasligini bilib oshiqman, yaxshi ham uni yaratgansan, senga hamdu sanolar bo'lsin!
Har safar, uni uxlab qolguniga qadar u bilan o'zim tushunmagan mavzularni muhokama qilaman, holati yomon bo'lsa ham, o'zimni bilmaganlikka solib uni quvontirsam.....u quvonsa bo'ldi. U menga bilasanmi, baxtli bo'lishni o'rgatdi, xa, men baxtliman, baxtliman... Har tun u bilan muloqotimni tugatishdan oldin uning menga aytadigan savoli uchun baxtliman...

U: - Uxlaymizmi?
Men: -Uxlaymiz...
U: -Yaxshi dam oling.
Men: -Siz ham.

Uning borligiga shukr. Alhamdulillah!


-Tilsim-