Get Mystery Box with random crypto!

Gemorragiya Gemorragiya (Qon ketishi, qon oqishi) - jarohatl | Kasalliklar

Gemorragiya

Gemorragiya (Qon ketishi, qon oqishi) - jarohatlangan tomirlardan qon oqishi, qon ketishi bilan kechadigan patologik holat. Shikastlanishlar va turli xil kasalliklar oqibatida yuzaga keladi.Qon yirik arteriyalardan, venalardan, mayda tomirlardan yoki aralash holatda ajralishi mumkin.
Arterial - arteriya tomirlaridan och qizil rangdagi qon otilib chiqadi.
Venoz - vena tomirlaridan qoramtir qon оqadi.

Shuningdek, kapillyarlar va parenximatoz aʼzolar (jigar, taloq, buyrak va boshqalar)dan qon ketadi. Qon ketishi tezligi shikastlangan tomirlarning kattakichikligi va uning devorlari holatiga bogʻliq. Qon birorta aʼzo (meʼda, ichak, miya va boshqalar)ga yoki tashqariga oqadi. Qon qusish, qon tuflash, qon siyish, plevra va qorin boʻshligʻida qon toʻplanishi, bachadondan qon ketishi va boshqalar ham qon ketishi turlaridan biri sanaladi.Arteriyadan qon ketishi juda xavfli, bunda qon tomirdan bosim bilan otilib chiqadi. Bolalar va qariyalarda qon yoʻqotish ayniqsa xavfli.Qon ivishining pasayishi bilan kuzatiladigan baʼzi kasalliklarga (gemofiliya, nur kasalligi) duchor boʻlgan odamlarda qon koʻp ketmasada, qon ketishi jarayoni uzoq davom etishi tufayli xavfli boʻladi. Qon ketishining 2 turi farqlanadi.

Tashqi qon ketish - qon teridagi jarohat orqali tashqariga chiqadi.Bu odatda teri va og'iz, burun bo'shlig'i shilliq pardalarining jarohatlanishi bilan bog'liq.

Ichki qon ketish - qorin, koʻkrak, kalla suyagi boʻshliqlari va boshqalar boʻlishi mumkin. Qon toʻqima ichiga quyilganda yumshoq toʻqimalarni suradi va u yerda toʻplanib, gematoma hosil qiladi yoki singib ketadi.Tananing yopiq yoki chegaralangan boʻshligʻiga qon ketishi, asosan, ichki aʼzolar (jigar, oʻpka va boshqalar)ning shikastlanishi natijasida yuz beradi va bunda qon tashqariga chiqmaydi.Bunday qon ketishi faqat qon yoʻqotish tufayli organizm umumiy holatining oʻzgarishi va boʻshliqqa toʻplangan suyuqlik belgilari orqali bilinishi mumkin.

Gemorragiya belgilari:

Rangparlik teri rangi oqarishi, lablar ko'kimtir ranga kirishi;
Tomirning kuchsiz, lekin tez urishi (taxikardiya, puls pasayishi);
Og'iz qurishi, chanqash;
Uyquchanlik, koʻz oldi qorongʻilashishi;
Zaiflik;
Sovuq ter;
Hushdan ketish.

Kalla suyagi ichiga qon ketishida birinchi oʻrinda qon yoʻqotish simptomlari emas, balki bosh miyaning ezilish belgilari — es-hushning oʻzgarishi, nafas olishning izdan chiqishi, falajlar va boshqa nevrologik xususiyatlar yuz beradi. Ichki qon ketishida boʻshliqli (kovak) aʼzolarga qon toʻplangan sari u tabiiy chiqaruv teshiklari orqali tashqariga chiqa boshlaydi.Shuningdek quydagi belgilar orqali qaysi tizimdan qon ketayotganini bilish mumkin.

Ogʻizdan qon kelishi oʻpka, yuqori nafas yoʻllari, halqum, qiziloʻngach va meʼdadan qon ketishi bilan bogʻliq.
Axlatda qon boʻlishi meʼda-ichak yoʻlining istalgan qismidan qon ketishida kuzatiladi.
Siydikda qon boʻlishi buyrak, siydik yoʻli va qovuqdan qon ketishidan dalolat beradi.
Ogʻizdan qipqizil koʻpirgan qon kelishi oʻpka sili uchun xos hisoblanadi.

Qon ketishini to'xtatish:

Qon ketishini vaqtincha va tamoman toʻxtatish mumkin.Vaqtincha qon toʻxtatishda jgut, bosuvchi bogʻlamlar bogʻlanadi, tomir toraytiruvchi moddalar, muz ishlatiladi. Tamoman qon toʻxtatishda jarrohlik usullari (tomirlarni bogʻlash, tikish, shikastlangan aʼzolarni olib tashlash), shuningdek, qon quyish, qon oʻrnini bosuvchi suyuqliklar va dorilar qoʻllaniladi.

t.me/Kasalliklar_Medic_INA