Get Mystery Box with random crypto!

Kanada talaba vizasi nega rad etiladi? Study Permit ga talab | Kanada | Ta'lim 🇨🇦

Kanada talaba vizasi nega rad etiladi?

Study Permit ga talab juda katta, shuning uchun afsuski, arizalar rad etilishi odatiy hol.

Arizangizni birinchi martada qabul qilinishi kamroq stress va pulni tejash imkonini beradi. Rad etilishining eng ko'p uchraydigan sabablari va ularni qanday tuzatish mumkin:

Moliyaviy mablag'larning yetarli emasligi. Agar arizangiz bir yildan ko'proq vaqt davomida yetarli mablag'ingiz borligini isbotlasa, bu yanada ishonchli bo'ladi.

Qabul xati. Siz ariza topshirgan ta`lim muassasasi Canadian Designated Learning Institution (DLI) ro`yxatida bo`lishi va undan muvofiq qabul xati kelishi kerak.

Ba`zi hujjatlar taqdim etilmaganligi. Agar siz til imtihonlari ballari va shaxsni tasdiqlovchi hujjat/ xorij pasportini ilova qilmasangiz, arizangiz rad etiladi.

Uyga qaytish rejalari. Study Permit bu faqat vaqtinchalik viza, shuning uchun siz o'qishni tugatdan keyin vataningizga qaytish niyatingiz borligini isbotlashingiz kerak.

Agar sizning talaba vizangiz IRCC tomonidan hali ham rad etilayotgan bo'lsa, rad etish xatida buning sabablari ko`rsatiladi. Istalgan vaqtda oʻqish uchun ruxsatnomani qayta topshirishingiz mumkin, lekin tabiiyki, avvalgi arizangizdagi muammolar bartaraf qilingan bo`lishi kerak.

Agar birinchi arizangiz noto'g'ri rad etilgan deb hisoblasangiz, istalgan vaqtda apellyatsiya berishingiz mumkin.