Get Mystery Box with random crypto!

KANADA TALABA VIZASINI OLISH #guidance | Kanada | Ta'lim 🇨🇦

KANADA TALABA VIZASINI OLISH
#guidance
Study Permit - Kanadada o'qishni xohlovchi xalqaro talabalar uchun zarur talaba vizasi. Ariza topshirish uchun $150 CAD miqdorida to'lov mavjud.
Faqatgina talaba vizasini o`zi Kanadaga kirish imkonini bermaydi. Study Permit Kanadada o`qish uchun kerak. Kanadaga kirish va u yerda vaqtincha istiqomat qilish uchun visitor visa (temporary resident visa) yoki Electronic Travel Authorization (eTA) taqdim etiladi sizga. ( Study Permit olgan talabaga, visitor visa yoki eTA beriladi qaysi biri kerakligiga qarab).

Hozirda Study Permit bilan haftasiga 20 soatdan ortiq ishlash mumkin. ( Bu 2022-yil 15-noyabrdan boshlab kuchga kirgan, ilgari 20 soatgacha mumkin edi).