Get Mystery Box with random crypto!

Mustaqil qaror. Fikr. Qaror. Amal. Boshqalarning fikri juda y | Kamol Madaminov

Mustaqil qaror.

Fikr. Qaror. Amal.
Boshqalarning fikri juda yuqori baholanadigan jamiyatda yashaymiz.

Oramizda "Odamlar nima deydi" deb yashovchilar ko'pchilikni tashkil qiladi.

O'z shaxsiy fikrining bo'lmasligi asosan noto'g'ri resurslarni kuzatishdan kelib chiqadi.

Miyaga ma'naviy ozuqa olinishi o'rniga asosan trash(axlat) bilan to'ldiriladi.

Trashlarda ko'pincha omma fikri va pont singari narsalar yuqori daraja hisoblanadi.

O'z-o'zidan omma fikri va moddiyat darajasi ulug'lanadi. Yo'qatilsa siqilish kuzatiladi. Bu ba'zida suidsid bilan yakunlanadi.

Kitob o'qish kerak, mediadan uzilish zarur, deb qat'iy targ'ib qilmayman.

Shunchaki hammasini kuzatadigan kontentimizni saralashdan boshlashimiz kerak.

Bu esa borib-borib saviyamiz o'sishiga olib borsa, keyinchalik podkast va intervyular va balkim kitoblar o'qishni odat qilishga sabab bo'lishi mumkin.

Mustaqil fikrga ega bo'lish esa aynan shu hollarda mustahkam shakllanadi.

Bu esa turlicha yot mafkuralarga, ko'pincha zararga ishlaydigan omma fikri va "odamlar nima deydi" qo'rquviga qarshi immunitet hosil qiladi.