Get Mystery Box with random crypto!

Ortiqchalik hissi Hech kimga kerakmasligimni o'ylagan holda d | Kamol Madaminov

Ortiqchalik hissi

Hech kimga kerakmasligimni o'ylagan holda dunyoga nega kelganimni anglashga harakat qilyapman.
Kimman?
Nega bu yerda tug'ilganman?
Nega haligacha shu yerdaman? Balkim bu yerda biron narsani o'zgartirish kerakdir.
Nega aynan shu sinovlar oldimizga kelyapti?
Bunda qanday hikmat bor?

Albatta, Alloh hech bir jonga toqatidan ortiq yuk solmas! Shunday ekan, bundan ma'no nima?

Eshitganim, qiyin vaziyatlar kuchli insonlarni yaratadi. Lekin, irodasizlik qilib ortga qaytish mardning ishimas. Ammo, menda ortga yo'lning o'zi ham yo'q-ku! Qanday ham qaytardim.

Ha, aynan mana shu ortiqchalik hissi menga bosim berib, ilm olishimga sababchi bo'lishi kerak. Bu his mendagi shaxsiy vaziyat bilan bog'liq.

Bo'layotgan ishlarda ota-onamni ayblay olmayman. Ular oilamiz uchun qo'lidan kelganini qilyapti. Migrant bo'lib bo'lsa-da o'qishimga pul kirityapti.
Agar, faqatgina o'zbekona udumlarga amal qilishganda - mashina va uy uchun hozirgi daromadining ma'lum bo'lagini emas, ro'zg'ordan ortganini sarflashgan bo'lardi.
Ularga ham qo'ldan kelgancha tushuntirishga harakat qilyapman: uy va mashina keyinchalik ham chiqim olib keladi, ilmga tikilgan sarmoya ortig'i bilan qaytadi.
Ular nima xohlasam, aniqrog'i qaysi yo'lni tanlasam bu yo'lda yordam berishyapti, kamida xayrixohlik qilishyapti. Ayniqsa, ko'pchilikdan farqli ravishda kelajakda tanlaydigan yo'limni o'zimga qo'yib berishyapti. Va yordam so'rasam ko'maklashishyapti.
Demak, hozir hamma gap o'zimda. Ota-onamni rozi qilishim va ularning ishonchini oqlashim lozim.
Buning uchun esa, ularga bergan va'dalarimni bajarishim kerak...
(Hammasi TATUni oldida yozildi)