Get Mystery Box with random crypto!

Vaqtdan yutish va samarali bo‘lish Qanday qilib samarali bo‘l | Kamol Madaminov

Vaqtdan yutish va samarali bo‘lish

Qanday qilib samarali bo‘lish mumkin?

Buni bilish uchun shu haqida kitoblar o‘qiymiz, kurslarga boramiz, kunimizni rejalashtiramiz, maqsadlar qo‘yamiz...
Orada taym menejmentni ham o‘rganamiz)

Bir narsani unutamiz.
Kichkinaligimizda har qanday oddiy narsani, topshiriqlarni qanday qilinishini kimdandir so‘rab yoki taqlid qilib o‘rganganmiz.

Shu orqali o‘zimiz ko‘proq vaqtda o‘rganadigan narsani ancha tezroq o‘zlashtirganmiz.

Bu ishlarda bizga andoza bo‘ladigan, to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadigan kimsa ustoz bo‘ladi.

Jumladan, islom ham shu tarzda o‘rganilgan. Nabiyimiz dinni to‘g‘ri tarzda o‘rgatganlar.

Oddiy yeyish-ichishniyam o‘zimizdan o‘zimiz bilmaganmiz. Qoshiq tutish, ovqatdan oldin qo‘l yuvishgacha hamma hammasini o‘rgatishgan.

Savodimiz ham ustozlar orqali chiqqan.

Ular o‘zlari qilgan xatoni takrorlamasligimiz uchun oldimizdagi to‘siqlarni va ulardan qanday o‘tishni ham o‘zlari o‘rgatishadi.

Ustozlar yoy, biz o‘q.
Ularning vazifasi esa bizni o‘zlari turgan nuqtadan iloji boricha uzoqroqqa va to‘g‘riroqqa otish.

Hozirgi damda ham vaqtdan yutishimizda asosiy yordamchi bo‘layotganlar, qimmatli tavsiyalarini berganlar va to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatayotganlar ayni ustozlardir.

Sizlarning oldilaringizdagi qarzni uzish imkonsiz.
Yaxshiyam borsizlar ustozlarim)