Get Mystery Box with random crypto!

Mas'uliyat Inglizlarda shunday gap bor. Lost opportunity cost | Kamol Madaminov

Mas'uliyat

Inglizlarda shunday gap bor. Lost opportunity cost. Ya'ni, yo'qotilgan imkoniyat qiymati.

2021-yil boshida shu paytgacha yashagan davrimdagi eng katta xatoyimni qilganman deb hisoblayman.

iOS ekosistemaga endi qiziqa boshlagan paytimda Toshkentda ishlayotgan ustozimdan taklif bo‘lgan. iOS dasturchi bo‘lish orzuyim u kishiga qarab paydo bo‘lgan, unga qarab shu sohaga havas qilganman.

Taklif bo‘lgan: kel, bizda o‘qi, o‘rgansang, o‘zingni ustingda ishlasang bo‘ldi, deyishgan. Hatto, macbook'imgacha olib berishmoqchi bo‘lganlar. Beminnat.

Faqat uydagilarni rozi qilishim va ishonchni oqlab yaxshi mutaxassis bo‘lib chiqishim kerak edi.

Uydagilar rozi bo‘lishdi.
Hamma narsa tayyor.
Oyim uyoqdagi maktabimni hal qilmoqchi.

Qo‘rqdim!
Mas'uliyatdan qochdim.
O‘sha paytda dadam musofirchilikda edi.

Men, oyim, ikkita ukam...
Hamma narsani gaplashishmoqchi

-O‘qishlari nima bo‘ladi bolalarni?
-Shuyoqdagi maktabda o‘qishadi.

-Uy-joy masalasi-chi?
-O‘g‘limiz o‘qib, tiklanib ketguncha kvartirada bo‘lib turarmiz.

Hamma narsa tayyor. Mendan tashqari.


Men bu paytga kelib zo‘r mutaxassis bo‘lib biron kompaniyada ishlayotgan bo‘lishim mumkin edi...
Mana shu narsa lost opportunity cost deyiladi.

Endi esa...
Haliyam umid bor.

Faqat macbook ololsam bo‘ldi. Kursda o‘qiy olaman. Uyog‘ini kelishib olganmiz ustozim bilan.

Oldingi xatodan xulosa olgan holda, mas'uliyatdan qochmasdan, bor kuchimni bitta joyga tashlab o‘qishim kerak. Haliyam juda oldingidaka bo‘lmasa-da kattagina imkon taqdim etildi.


Qolgani hozorcha sir. Ataylab mavhum qilib yozildi. Endi,
Xudo xohlasa bu imkoniyatdan foydalanamiz. Yaxshi xabarlar kuting.