Get Mystery Box with random crypto!

Bugun DevFest'ga bordim. Darkhonbek Mamatalievni chiqishi eng | Kamardinov.uz

Bugun DevFest'ga bordim. Darkhonbek Mamatalievni chiqishi eng yaxshilaridan bo'ldi. TedTalk uslubida Software Engineerlarga hos bo'lmagan shaklda nutq tayyorlab kelgan ekan. Professional faoliyatdagi shu uchta xususiyatga to'xtalib o'tdi:

1. Overcommunicating
2. Prioritize
3. Unblock yourself

1. Overcommunicating. Kommunikatsiya qilishni zarari yo'q, lekin kerakli darajada bo'lmasa aniq muammo yuzaga keladi. Bu biz bilagan ish vaqtida choyxona suhbatlari emas, balki proyekt statusi haqida xabar berish, muammo yuzaga kelgan bo'lsa uni vaqtida aytish kerakligi haqidagi kommunikatsiya. Aslida buni har qanday holatga tatbiq qilsak bo'ladi. Uchrashuvga kechikyapmizmi vaqtida ogohlantirib qo'yishimiz kerak va hkz.

2. Prioritetlarni baholash muhim. O'zim ham tez-tez xato qilib turaman. Dasturchi sifatida esa, shaxsiy vazifalar va boshqa hamkasblarga yordam berish vaqtida to'g'ri prioritetlar qo'yishni unutib qo'ymasligimiz kerak.

3. Unblock yourself. Bu ham menda bor muammolardan edi. Proyektda jiddiy muammoga duch kelsam yordam so'rashga ba'zida hijolat bo'lardim. Bunda o'zimni bilmaganday ko'rsatmaslik uchun emas, balki hamkasblarimni hadeb bezovta qilmaslikni o'ylardim. Ammo bu ham xato fikr. Darkhonbek aka aynan oltin oraliqni keltirib berdi. Muammoga duch kelsangiz avval o'zingiz harakat qiling. Google, dokumentatsiya, bloglar barcha imkoniyatni ishga soling. 30 daqiqa davomida javob topa olmasangiz darhol to'xtang va hamkasblardan yordam so'rang. Juda zo'r uslub. Aynan shu qoidaga amal qilishga harakat qilaman. Avvalgi ishimda 1-2 kunlab yordam so'ramasdan muammo ustida izlangan paytlarim bo'lgan. Bu ham o'zimni qattiq charchatgan, ham muddatlarni kechikishiga olib kelgan.

Xullas, DevFestda mazza qildim, ba'zi savollarimga javob oldim, qadrdon do'stlarim bilan ko'rishdim, yangi tanishlar orttirdim.