Get Mystery Box with random crypto!

Hukumat ishida ishlab biror narsani o'zgartirish qiyin, oqim b | Kamardinov.uz

Hukumat ishida ishlab biror narsani o'zgartirish qiyin, oqim bilan oqishga majbursan deyishadi. Shuning uchun ham ko'pchilik davlat ishidan o'zini chetga oladi. Lekin bu har doim ham bunday degani emas. Qayerdadir albatta yechim bor. Tashabbusli budjet bunga yorqin misol.

Aslida budjetni taqsimotini parlament, mahalliy hokimiyatlar adolatli taqsimlashi kerak. Lekin mahalliy hokimliklarda taqsimot to'g'ri bajarilmas edi. Yechim sifatida hokimlarni saylashimiz kerak, mandat olish uchun hokimlar xalq oldida hisobdor bo'lsagina adolatli taqsimot bo'ladi deyilardi. To'la demokratik jamiyatlarda shunday. Lekin moliya vazirligi buni kutib o'tirmadi va budjet taqsimotini xalqning o'ziga olib berdi. Kola berib tarqatadimi, tekin tushlik beradimi, bu muhim emas. Ular o'zlari to'lagan soliqlar evaziga o'zlarining turmush tarzini yaxshilashga urinishyapti. Kecha e'lon qilingan yangilik ortidan xursand bo'lgan mahallar videolari chiqdi. Ko'rib xursandchiligiga sherik bo'lging keladi.

Bir so'z bilan aytganda, Timur Ishmetov — malades!