Get Mystery Box with random crypto!

Achchiq Haqiqatlar. — 10000 soʻmlik pulni ehson qilsak rosa k | Kalmar Oyini ✅

Achchiq Haqiqatlar.

— 10000 soʻmlik pulni ehson qilsak rosa koʻpga oʻxshaydi-yu, bozorda juda kamdek tuyuladi…

— Bir soatlik Allohning zikri juda uzoq choʻzilganga oʻxshaydi-yu, televizor oldidagi bir soat sezilmay oʻtib ketadi;

— Duo qilayotganda kerakli soʻzlarni topolmay qiynalamiz-u, ogʻayni-ulfatlar bilan gaplashganda soʻzga chechan boʻpketamiz;

— Futbolda qoʻshimcha vaqt kamroq berilsa, jahlimiz chiqadi-yu, Juma xutbasi ozgina choʻzilsa, shikoyat qilamiz;

— Qurʼonning bir porasini oʻqish rosa qiyin boʻladi-yu, birorta romanning 100 betini bir pasda oʻqib chiqamiz;

— Konsert zallarida odamlar birinchi qatorlardan joy olishga urinishadi-yu, masjidda oxirgi safga qochishadi;

— Qurʼonning bir oyatini yodlash rosa mushkul boʻladi-yu, bekorchi mish-mishlarni oqizmay-tomizmay tarqatib yuramiz

— Oldi-qochdi gazetalarda yozilgan narsalarga ishonamiz-da, Allohning kalomi oyatlariga ishonishimiz qiyin kechadi

— Koʻpchilik hech nima qilmay, hech narsaga ishonmay, Jannatga kirish istagida boʻladi


DUNYODA