Get Mystery Box with random crypto!

YUR JANNATGA BIRGA KETAMIZ! Qur'onimiz bilan Sunnatni olib, O | Kalmar Oyini ✅

YUR JANNATGA BIRGA KETAMIZ!

Qur'onimiz bilan Sunnatni olib,
Ozchilik ketyotgan yo'lga tushamiz.
Sen menga, men senga hamroxlik qilib,
Qani yur, Jannatga birga ketamiz!

Qalbimiz berkitib shayton so'ziga,
Dunyoni qoldirib uning o'ziga,
G'arib ko'rinsak ham dunyo ko'ziga,
Qani yur, Jannatga birga ketamiz!

Bilsang bas, tanlagan yo'limiz haqdir.
Bizni kutib turgan mashaqqat naqddir.
Deb: «bu yo'l oxiri abadiy baxtdir!»
Qani yur, Jannatga birga ketamiz!

YAnada munavvar sen bilan yo'lim,
Sening yuragingda topdim men qo'nim..
Bizni ayirolmas hattoki o'lim!
CHunki biz Jannatga birga ketamiz!

Mayli muhim emas, bizdan kechsalar,
Hammasi bir bo'lib yomon desalar,
Bizga ham kerakmas unday kimsalar!
Qani yur, Jannatga birga ketamiz!

Bizga mehribondir Ul al-Vaduud Zot,
Ar Rohman, Ar Rohiym bizning Robbimiz!
Bo'lib biz dunyoga, dunyo bizga yot,
Qani yur Robbimiz tomon ketamiz!
Yuraqol, Jannatga birga yetamiz!

DUNYODA