Get Mystery Box with random crypto!

Kimda ikki xislat bo‘lsa uni Alloh yaxshi ko‘radi: - taqvo; - | Kalmar Oyini ✅

Kimda ikki xislat bo‘lsa uni Alloh yaxshi ko‘radi:
- taqvo;
- go‘zal xulq.

️ Kimda ikki xislat bo‘lsa uni odamlar yaxshi ko‘radi:
- saxiylik;
- hammaga yaxshilik qilish.

️ Kimda ikki xislat bo‘lsa uni qo‘shnilari yaxshi ko‘radi:
- ochiq yuzli bo‘lish;
- muomalada saxiy bo‘lish.

️ Kimda ikki xislat bo‘lsa uni do‘stlari yaxshi ko‘radi:
- ko‘rgan yaxshiligini eslab turish;
- ko‘rgan yomonliklarini esdan chiqarib yuborish.


️ Kimda ikki xislat bo‘lsa uni ustozlari yaxshi ko‘radi:
- gapni tez tushunish;
- ehtiromini o‘rniga qo‘yish.

️ Kimda ikki xislat bo‘lsa uni ayoli yaxshi ko‘radi:
- muomalada lutfli bo‘lish;
- ayolining muammolarini aytmasa ham tushunish.

️ Kimda ikki xislat bo‘lsa uni boshlig‘i yaxshi ko‘radi:
- chiroyli itoatda bo‘lish;
- buyurilgan ishlarni ko‘ngildagidek bajarish.

️ Kimda ikki xislat bo‘lsa uni Alloh va barcha insonlar yaxshi ko‘radi:
- barchaga doim yaxshilikni ilinish;
- ozor berishdan saqlanish.

DUNYODA