Get Mystery Box with random crypto!

Student bu - hech bir fandan daftar tutmasa ham, 70 000 soʻml | Kalmar Oyini ✅

Student bu - hech bir fandan daftar tutmasa ham, 70 000 soʻmlik barsetka koʻtaradigan, ichida faqat avtobus uchun 2 000 soʻm olib yurishga moʻljallangan 50 000 soʻmga karmon sotib oladigan oliftadir...

Student bu - 6 oy umuman dars qilmasdan bir kecha-kunduz ichida 6 oylik konspektni yozishga ulguradigan professordir...

Student bu - hisobida bir senti boʻlmasa ham 1000 dollarlik ayfon koʻtarib yuradigan boyvachchadir...

Student bu - darsda oʻtirib ham quloqchinda qoʻshiq eshitib, ham konspekt yozib, ham telefonda telegramda oʻtiradigan Sezardir...

Student bu - atigi 280 000 soʻm stipendiya olishi uchun 8 million soʻm kontrakt toʻlay oladigan millionerdir...

Student bu - uydan futbolka va jinsida chiqib, dekanni yoniga koʻylak va galustukda kiradigan intellegentdir...

Student bu - butikda 100 dollarga koʻrgan kiyimini bozordan 203 600 soʻmga tushirib oladigan biznesmendir...

Student bu - oʻzi 1000 soʻmlik gumma yeb, sevgan qizini tugʻilgan kuniga 300 dona atirgul sovgʻa qila oladigan romantikdir...


DUNYODA