Get Mystery Box with random crypto!

Bizni deb gʻamlar yutgan, Oʻz tinchini unutgan. Mehriga qoʻshi | Kalmar Oyini ✅

Bizni deb gʻamlar yutgan,
Oʻz tinchini unutgan.
Mehriga qoʻshib tutgan,
Ota-Onam boriga shukur.

Asrab koʻz qarogʻida,
Oʻstirdi ardogʻida.
Hayotimning borida,
Onam boriga shukur.

Yuragim gʻam bilmadi,
Koʻzlarim nam bilmadi.
Birovdan kam qilmadi,
Otam boriga shukur.

Onam eng chiroyligim,
Otam bori boyligim.
Baxtim ham quvonchligim,
Ota-Onam boriga shukur!!!


DUNYODA