Get Mystery Box with random crypto!

TUSHUNMOVCHILIK Bo‘ldi, yig‘lamayman, bo‘ldi – kulmayman, Yur | Kalbim hasreti 💕🫶🏻

TUSHUNMOVCHILIK

Bo‘ldi, yig‘lamayman, bo‘ldi – kulmayman,
Yuragingni ortiq etmayman bezor.
O‘zimdan boshqani xafa qilmayman,
O‘zimdan boshqaga bermayman ozor.

Kimlarning ko‘ngliga qarab kun ko‘rdim,
Yalinib bormayman Baxtning yoniga.
Kulib, baxtsizlarga halaqit berdim,
Yig‘lab baxtlilarning tegdim joniga.

  Behzod Fazliddin

@kalbim_hasreti