Get Mystery Box with random crypto!

Kaktus365

Telegram kanalining logotibi kaktus365 — Kaktus365 K
Telegram kanalining logotibi kaktus365 — Kaktus365
Kanal manzili: @kaktus365
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 33
Kanalning ta’rifi

Kaktus365 - O’zbekistondagi IT, Design va StartUp tadbirlarining anons markazi.
@kaktus365_bot - botimiz
❗️Loyiha sinov jarayonida ishlamoqda, xatoliklar topsangiz darhol @kaktus365support - ga xabar bering. (bot ishlamasligi, matn xatolik, ...)

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-06-23 08:49:14
#voicechat #ONLINE
Veb platformalarning kuchi nimada? | Veb dasturlash haqida gaplashamiz

23 Iyun (Panshanba)
21:00
Bepul
«Najot Ta'lim» markazining veb, backend va frontend dasturlash kursining tajribali ustozlari
Najot Ta'lim - @najottalim
 o'zbek

Kuzatuvchilarimiz uchun foydali bo'lgan ovozli suhbatlarni tashkil etishda davom etamiz. Navbatdagi suhbatimiz veb dasturlash yo'nalishi bo'yicha bo'lib o'tadi.

Ushbu chatda «Najot Ta'lim» markazining veb, backend va frontend dasturlash kursining tajribali ustozlari qatnashishadi. Va unda veb dasturlash sohasi kimlar uchunligi, sohaning kelajakdagi, biznesdagi o'rni, unga sun'iy intellektning ta'siri va shu kabi mavzular bo'yicha manfaatli suhbat bo'lib o'tadi.

O'zingizni qiziqtirgan savollarni izohlarda qoldiring va suhbat haqida veb dasturlashga qiziqadigan do'stlaringizga xabar berishni unutmang.


@kaktus365 - O’zbekistondagi barcha IT, Dizayn va StartUp tadbirlarining anons markazi.
24 viewsKaktus365 Bot, 05:49
Ochish/sharhlash
2022-06-22 21:25:33
#masterclass #OFFLINE
Dizayn sohasiga qiziquvchilar uchun masterklas!

26 Iyun (Yakshanba)
12:00
Bepul
Ismoil Safarov - Socially Design Academy asoschisi
Tashkilotchilar:
Socially Design Academy - @sociallyuz
CoLearning Center - @colearninguz
 o'zbek

Co-Learning Center grafik dizayn va SMM dizaynga qiziquvchilar uchun ajoyib event tashkillashtirmoqda.

Spikerimiz SMM dizaynga oid o'ziga xos masterklas o'tadilar.

Joylarimiz soni chegaralangan. Shuning uchun ro'yxatdan o'tishingizni so'rab qolamiz.

Co-Learning Center

@kaktus365 - O’zbekistondagi barcha IT, Dizayn va StartUp tadbirlarining anons markazi.
23 viewsKaktus365 Bot, 18:25
Ochish/sharhlash
2022-06-22 15:57:52
#webinar #ONLINE
Startap-loyihalar va kompaniyalarga investitsiyalarni jalb qilish

27 Iyun (Dushanba)
12:00 - 14:00
Bepul
Spikerlar:
Ponomarenko Aleksey - My Future va CriptoOne Bank asoschisi
Zavorin Andrey - Fund Family Group Investment boshqaruvchi hamkori
Faermak Grigoriy - My Future bosh direktori
Tashkilotchilar:
IT Park - @itpark_uz
MITC - @mitcuz
 rus

Islom moliyasi qoidalari va normalariga rioya qilgan holda investitsiya operatsiyalarini amalga oshirishda raqamli moliyaviy aktivlardan foydalanish hamda iqtisodiyotning real sektoridagi startap-loyihalar va kompaniyalarga investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tadi.

Tadbir hamkorlari: My Future raqamli moliyaviy aktivlar birjasi (Gruziya), IT PARK (O‘zbekiston), UZCARD Ventures, O‘zbekiston venchur investitsiya assotsiatsiyasi, O‘zbekiston FinTech Assotsiatsiyasi, TRIZ Markazi (Rossiya).


@kaktus365 - O’zbekistondagi barcha IT, Dizayn va StartUp tadbirlarining anons markazi.
23 viewsKaktus365 Bot, 12:57
Ochish/sharhlash
2022-06-21 23:01:09
#webinar #ONLINE
Dasturlarni test qilish

22 Iyun (Chorshanba)
18:00
Bepul
EPAM yetakchi mutaxassislari
EPAM Uzbekistan - @epam_uzbekistan
 ingliz

Dasturlarni test qilish haqida ko'proq bilishni xohlaysizmi?

YouTube streamiga qo‘shiling va QA yo'nalishida karyera qurish haqida bilib oling

Dasturlarni test qilish va uning turlari haqida gapirib beradilar
Dasturlarni test qilish haqidagi mashhur afsonalarni puchga chiqaradilar
Qimmatli maslahatlar bilan bo'lishishadilar

#EPAMUzbekistan bilan QA boʻyicha sayohatingizni boshlang


@kaktus365 - O’zbekistondagi barcha IT, Dizayn va StartUp tadbirlarining anons markazi.
20 viewsKaktus365 Bot, 20:01
Ochish/sharhlash
2022-06-21 13:28:52
#voicechat #ONLINE
Data Science - kelajak sohasi!

24 Iyun (Juma)
22:00
Bepul
Spikerlar:
Azamjon Nemadaliev
Ruzmat Safarov
iSystem uz - @isystemuz
 o'zbek

Hurmatli kuzatuvchilarimiz. Sizdan kelgan savollarga javob berishga va izohlarda ham e'tiborsiz qoldirmaslikka imkon qadar harakat qilamiz, lekin savollar ko'p...

Shu sababdan va siz bilan dildan suhbat qurish maqsadida Data Science kursi mentorlari Azamjon Nemadaliev va Ruzmat Safarovlar bilan birgalikda iSystem akademiyasi telegram kanalida Ovozli Chat uyushtirishga qaror qildik.

Savollaringizni oldindan yozib qoldiring:
https://forms.gle/toxpEDayLzMxf1FF6


@kaktus365 - O’zbekistondagi barcha IT, Dizayn va StartUp tadbirlarining anons markazi.
20 viewsKaktus365 Bot, 10:28
Ochish/sharhlash
2022-06-20 17:11:42
#workshop #OFFLINE
Investor uchun taqdimotni qanday tayyorlash kerak.

1 Iyul (Juma)
19:00
Bepul
Denis Kalyshkin - I2BF Global Ventures Amerika fondining investitsion direktori.
Ground Zero - @GroundZero_uz
 rus

Workshop quyidagilar uchun:
⁃ kichik va o'rta biznes vakillari
⁃ Startaplar
⁃ Kasbiy o'sishni xohlaydigan yosh mutaxassislar

Workshop rejasi:
- Taqdimot shabloni
- Slaydlarni to'ldirish bo'yicha bosqichma-bosqich tavsiyalar
- Umumiy xatolar

Denis telegram chatida ham savollarga javob beradi: @ask_vc_uz

GroundZero Kitob Olami coworking

@kaktus365 - O’zbekistondagi barcha IT, Dizayn va StartUp tadbirlarining anons markazi.
17 viewsKaktus365 Bot, 14:11
Ochish/sharhlash
2022-06-20 15:59:14
#seminar #OFFLINE
Junior Frontend developer ishga kirish uchun nimalarni bilishi kerak?

21 Iyun (Seshanba)
18:30
Bepul
Humoyun Inoyatov - Epam Systems kompaniyasi Frontend dasturchisi
PDP Academy - @pdpuz
 o'zbek

Dasturchilar, kurs yakunlanib, ishga joylashish arafasida turibsizmi?

Hozirgi vaziyatingizda tajribali mutaxassislardan oladigan har bir maslahat va tavsiyalar siz uchun ishga joylashishingizda har qachongidan ham foydali bo'ladi.

Sababi ular suhbatgacha bo'lgan barcha bosqichlardan o'tishgan va sizlarga albatta o'z tajribalaridan kelib chiqib nimalarga tayyorlanishingiz kerakligi haqida ayta olishadi.

Shuning uchun PDP Academy talabalarini ochiq darsga taklif qilib qolamiz.

PDP Academy

@kaktus365 - O’zbekistondagi barcha IT, Dizayn va StartUp tadbirlarining anons markazi.
17 viewsKaktus365 Bot, 12:59
Ochish/sharhlash
2022-06-20 15:38:31
#webinar #ONLINE
Y Combinator navbatdagi Startup School oqimini ishga tushirmoqda.

27 Iyun (Dushanba)
09:00
Bepul
Tashkilotchilar:
Ask VC - @ask_vc_analyst
IT Park - @itpark_uz
MITC - @mitcuz
 rus

Amerikaning I2BF Global Ventures venchur fondining investitsion direktori Denis Kalishkin tomonidan asos solingan Ask VC, IT Park hamkori onlayn muhokama va javoblar, shuningdek, Networking tadbirlari dasturini ishga tushirmoqda.

Startup School kursi ishtirokchilarga o‘z startapini ishga tushirishga yoki uning xalqaro bozorda rivojlanishida keyingi qadamni qo‘yishga yordam beradi.


@kaktus365 - O’zbekistondagi barcha IT, Dizayn va StartUp tadbirlarining anons markazi.
16 viewsKaktus365 Bot, 12:38
Ochish/sharhlash
2022-06-20 12:43:06
#webinar #ONLINE
Startap strategiyasini ishlab chiqish

23 Iyun (Panshanba)
16:00
Bepul
Rustam Rafikov - “Rafikov&Partners” yuridik firmasi asoschisi
Tashkilotchilar:
IT Park - @itpark_uz
MITC - @mitcuz
 rus

IT Park tomonidan “Startap strategiyasini ishlab chiqish: tuzilishi, intellektual mulkni himoya qilish va jahon bozoriga chiqish” mavzusida onlayn vebinar tashkil etiladi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga startap strategiyasi tuzilishi, uni ishlab chiqish, intellektual mulkni himoya qilish hamda mahsulotni jahon bozoriga olib chiqish bo‘yicha qimmatli maslahatlar beriladi.


@kaktus365 - O’zbekistondagi barcha IT, Dizayn va StartUp tadbirlarining anons markazi.
16 viewsKaktus365 Bot, 09:43
Ochish/sharhlash
2022-06-17 18:35:11
#workshop #OFFLINE
Nafaqat navigator - kelajak texnologiyalari yo'llarda

22 Iyun (Chorshanba)
19:00
Bepul
Kaysar Dybysov - Yandex Go biznesni rivojlantirish loyihalari rahbari
Tashkilotchilar:
Impact Technology Hub - @impactthub
IT Park - @itpark_uz
Yandex - @yandex
 rus

Texnologik yechimlar sayohat xavfsizligi darajasini va umumiy shahar muhitini qanday oshirishi.

Tadbirda siz quyidagilarni bilib olasiz:
- xizmat sayohat xavfsizligi uchun texnologik yechimlarni qanday ishlab chiqadi
- innovatsion usullar baxtsiz hodisalarning oldini olishga qanday yordam beradi
Texnologiya haydovchilarning haydash uslubini qanday o'zgartirmoqda

Impact Technology Hub

@kaktus365 - O’zbekistondagi barcha IT, Dizayn va StartUp tadbirlarining anons markazi.
22 viewsKaktus365 Bot, 15:35
Ochish/sharhlash