Get Mystery Box with random crypto!

Kadastr muhandisi

Telegram kanalining logotibi kadastrmuhandis — Kadastr muhandisi K
Telegram kanalining logotibi kadastrmuhandis — Kadastr muhandisi
Kanal manzili: @kadastrmuhandis
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-06-08 12:35:55 Huquqiy ma'lumot

Qonunchilikka ko'ra, Davlat reyestridan ko‘chirmada:

davlat yer kadastrida hamda binolar va inshootlar davlat kadastrida mavjud ko‘chmas mulk obyektining texnik parametrlari haqida;
ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq egalari haqida;
Reyestrda mavjud ro‘yxatga olingan huquqlar haqida;
sudlar, tergov organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi haqida, sanani, qaysi hujjat asosida va qaysi organ tomonidan taqiqlar yoki xatlov qo‘yilganini, shuningdek, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi va raqamini ko‘rsatgan holda;
ipoteka hamda binolar va inshootlar ipotekasi shartnomasini, shuningdek yer uchastkalariga bo‘lgan ashyoviy huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish haqida;
yer uchastkasiga bo‘lgan servitutning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida;
binolar va imoratlar yoki ularning qismlari ijarasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida;
joylardagi davlat hokimiyati organlarining qarori bo‘yicha mo‘ljallanayotgan bino, inshootni buzish haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. https://t.me/KadastrRishton
1 view09:35
Ochish/sharhlash
2023-01-28 09:16:44 Kadastr pasporti uchun ariza berish tartibi

Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda yer uchastkasi va bino inshootlariga tegishli huquqiy xujjatlar bilan ariza beradi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020-yildagi 535-sonli qarori. https://t.me/kadastrmuhandis
1 view06:16
Ochish/sharhlash
2023-01-07 15:05:19 Kadastr atamalari

Chegarani delimitatsiya qilish – qoʻshni davlatlar oʻrtasidagi davlat chegarasining umumiy holati va yoʻnalishini muzokaralar yoʻli bilan aniqlash.
Delimitatsiya toʻgʻrisidagi farmonlar odatda tinchlik shartnomalari yoki davlat chegaralarini belgilash yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi maxsus bitimlarning ajralmas qismi hisoblanadi.

Demarkatsiya - ajratish chizig'ini chizish; chegaralarni aniqlash.

Delimitatsiya materiallari chegarani aniqlashning keyingi bosqichi - uni yerga chizish (demarkatsiya) uchun asos bo'lib xizmat qiladi. "Delimitatsiya" atamasi ko'pincha Xalqaro kosmik huquqda qo'llaniladi. https://t.me/kadastrmuhandis
2 views12:05
Ochish/sharhlash
2023-01-01 16:33:06 KADASTR PASPORTINI SHAKLLANTIRISH

Kadastr pasportini tayyorlash ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;
umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;
umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;
umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;
umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;
umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;
ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

https://t.me/kadastrmuhandis
5 views13:33
Ochish/sharhlash
2022-12-30 16:01:07 Kadastr (frans. cadastre) bu — muayyan obʼyektlar toʻgʻrisida tartiblashtirilgan aniq, va zaruriy maʼlumotlar majmui, roʻyxati, reyestri hisoblanadi.
6 views13:01
Ochish/sharhlash