Get Mystery Box with random crypto!

​Kreatin - kimlarga va nima uchun kerak.? Kreatin – mushak to | KACHOKLAR 💪🏻

Kreatin - kimlarga va nima uchun kerak.?

Kreatin – mushak to‘qimalaridagi tabiiy modda bo‘lib, energiya manbai hisoblanadi. Kreatin organizm uchun oqsil, mineral, yog‘, uglevod va vitaminlar singari muhim sanaladi.



Organizm mustaqil ravishda kreatin ishlab chiqarishi mumkin, ammo sportchilar uni mushak massasini yig‘ishda ham, vazn tashlashda ham qabul qiladi.

Kreatinning ta’siri quyidagicha:

Kuch ko‘rsatkichlarining oshirilishi. Mushaklar maksimal ravishda ishlashi uchun yetarlicha energiya zaxirasi kerak bo‘ladi. Kreatin qabul qilinganda chidamlilik va mushak to‘qimalarining kuchi oshadi.
Mushak hajmining kattalashishi. Kreatin to‘g‘ri qabul qilinganda quruq massa 1 oydan keyin bir necha kilogrammga oshadi.
Mushak relyefining yaxshilanishi. Kreatin hujayralardagi suvni to‘ldirishga xizmat qiladi, gidrativ mushaklar esa yanada baquvvat ko‘rinadi.
Zararli xolesterin darajasining pasayishi, yallig‘lanishga qarshi ta’sir, katta yuklamalardan himoya, yurak ritmining barqarorlashishi – bu olimlar tomonidan so‘nggi davrda aniqlangan kreatin ta’sirining atigi bir qismi.
Shuningdek, kreatin sut kislotasining ajralishini sekinlashtiradi va intensiv mashg‘ulotlardan keyin tiklanish vaqtini yaxshilaydi.
Mushak massasini yig‘ishda kreatin eng samarali qo‘shimchalardan biri sanaladi. Kerakli natijaga erishish uchun to‘g‘ri ovqatlanish va mashg‘ulotlar rejimini ishlab chiqish zarur. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, kreatinning o‘zlashtirilishi – odamning 1 kilogramm vazniga 50 mg dan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Mashg‘ulotlar vaqtida tezkor uglevodlar qabul qilish tavsiya etiladi. Kreatinni geyner bilan birga qo‘llash ideal variant hisoblanadi.

Vazn tashlashda kreatin energiya va mushaklar chidamliligini oshiradi. Demak, mashg‘ulotlar jarayonini uzoqroq davom ettirish, mashqlarni intensivroq bajarish va yog‘larni yo‘q qilish mumkin. Bundan tashqari, kreatin yog‘larni energiyaga aylantiruvchi testosteronni oshiradi. Qo‘shimchasiga, tana quruq massasi kattalashadi.

Kreatin qabul qilganda suvsizlantirishga yo‘l qo‘ymaslik va tavsiyalarga rioya qilish o‘ta muhimdir.

#kreatin
#oziqlanish
#text_malumotlar