Get Mystery Box with random crypto!

#Qutqaradi Aka-ukalarim, dunyoda goʻzallar judayam koʻp – yuzi | Shaxsiy kabinet

#Qutqaradi
Aka-ukalarim, dunyoda goʻzallar judayam koʻp – yuzi goʻzallar, ammo siz goʻzallar goʻzalini izlang – qalbi goʻzalini, hayosi borini. Siz uchun hayo – goʻzallik, taqvo – boylik ekaniga kafil boʻlolaman, in shaa Alloh.
Yillar oʻtib bugʻdoy sochilganda donlari ajinlari orasida qolib ketuvchi oʻtkinchi yuz emas, pok qalb sizni bu foniy dunyoda zeriktirmay tura oladi, in shaa Alloh.
Ha, dunyoni goʻzallik qutqaradi, qalb goʻzalligi!

#Eslatma
Sochimdan koʻp oshigʻim deyuvchi aziz opa-singillar, hech oʻylab koʻrganmisiz – siz aytayotgan oshiqlar moddiyat va jismdan boshqa yana nima xohlashar ekan?!

Kalomda aytib oʻtilgan qizlar shunday edi: "Yurishining oʻzidan hayo ufurib turardi, hayo bor edi." Yaʼni qaysi muslimaki, oʻzining ziynatlarini yashirib yuribdi – uning yurishining oʻzida hayo bor.
Hurlar boshqalardan ajralish uchun oʻzlarini berkitishganiga tarix guvoh.
Albatta, pashshalar hech qachon usti yopiq taomga qoʻnisha olmaydi.


P/s: Hech bir ayol yoki qizga shaxsiy adovatim yoʻq. Zero, ularning oʻz mahramlari – ota, aka-uka, erlari bor.

Alloh marhamat qiladi: "Eslating! Zero, eslatma moʻminlarga manfaat yetkazur"(Zarriyot surasi, 55-oyat)


Jumaning xayr-u barokati nasib qilsin, azizlar

@alpinistisoptimistic