Get Mystery Box with random crypto!

Bugun, 7-yanvar kuni Ikkinchi liga doirasida 6-7-sinf jamoalar | .

Bugun, 7-yanvar kuni Ikkinchi liga doirasida 6-7-sinf jamoalari o‘rtasida V-VI tur o‘yinlari tashkil qilindi.

Unda 6-"B" sinf jamoasidan tashqari barcha jamoalar ishtirok etishdi. Ikkita jamoada tarkib to‘liq bo‘lmagani uchun dastlabki javoblar hisobga olinmay turildi.
O‘yin qizg‘in va qarama-qarshiliklarga boy bo‘ldi. 6-sinflar o‘rtasida 5-turda "Navoiy izdoshlari" jamoasi (6-"V"), 6-turda "Kitobxonlar" jamoasi (6-"G") g‘alaba qozondi.
7-sinflar o‘rtasida 5-turda "The Best Team" jamoasi (7-"V"), 6-turda "Crystal" (7-"A") va "Everest" (7-"G") jamoalari yuqori natija qayd etib g‘olib bo‘lishdi.

Shu o‘rinda o‘yinlarni o‘tkazishda yaqindan yordam bergan Yuldosheva Marhabo opaga minnatdorchilik bildiramiz.
Ushbu haftada maktabda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan o‘yinlar to‘liq yakunlandi.