Get Mystery Box with random crypto!

Bugun, 6-yanvar kuni Birinchi liga doirasida 8-9-sinf jamoalar | .

Bugun, 6-yanvar kuni Birinchi liga doirasida 8-9-sinf jamoalari o‘rtasida XIII-XIV tur o‘yinlari tashkil qilindi.

Unda 8 jamoadan 3 ta jamoa: 8-"A" sinfning "Dream Team", 9-"A" sinfning "Last One" va 9-"G" sinfning "Renessans" jamoalari ishtirok etishdi.
"Bilimdonlar" (8-"B") va "Avitsenna" (8-"V") jamoalari tarkibida ishtirokchilar soni kam bo‘lganligi sababli qatnasha olmadi.
9-sinflar o‘rtasidagi har ikkala o‘yinda ham "Last One" jamoasi g‘alaba qozondi va 13-14-Grand turda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. 9-sinflar o‘rtasidagi XV turda faqat shu ikkita jamoa qatnashadi.
"Dream Team" jamoasi esa 13-14-Grand turda, shuningdek, XV tur va 15-Grand turda ham to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etadigan bo‘ldi.
8-9-sinflarning qolgan 5 ta jamoasi XV turni o‘tkazib yuboradi.

Ertaga, 7-yanvar kuni maktabda Ikkinchi liga doirasida 6-7-sinf jamoalari o‘rtasida V-VI tur o‘yinlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan, unda 8 ta jamoa ishtirok etadi.