Get Mystery Box with random crypto!

Garri Potter va ajal tuhfalari 17 yoshga to'lmagan har qan | •𝗕𝗥𝗜𝗢 | 𝓙𝓾𝓼𝓽

Garri Potter va ajal tuhfalari

17 yoshga to'lmagan har qanday sehrgar vazirlik qarovida bo'ladi va vazirlik uni o'z himoyasiga oladi. Garri Potter hali balog'at yoshiga to'lmasidan Qaqnus ordeni a'zolari uni xavfsiz yerga olib ketishmoqchi bo'ladi, biroq "ko'chirish" vaqtini oldindan Snegg orqali bilgan Voldemort havoda ularga hujum qiladi. Ushbu to'qnashuv natijasida Garrining boyqushi Xedveg va O'ynoq ko'z halok bo'lishadi, Jorj esa bir quloqsiz qoladi. O'zingiz sezib turganingizdek, bu Garriga qattiq ta'sir o'tkazadi, axir uni deb odamlar o'lib ketishmoqda. Nihoyat o'sha biz kutgan keldi, Garri 17 yoshga to'ladi. Vazir janoblari Garri va uning do'stlariga Dambldorning vasiyatini o'qib eshittirdi, vasiyatga ko'ra u Ronga delyuminatorini, Germionaga "Bard Bidl massallari"ni, Garriga esa o'zi tutib olgan "tilla chaqqon"ni beradi. Tug'ilgan kun ko'ngildagidek kechdi-yu, undan keyingi kun Bill bilan Flyorning to'yi ko'ngildagidek kechmadi. O'sha kuni vazir o'ldirilib ketildi va vazirlik tamoman Voldemortning qo'liga o'tdi. Hamma joyni O'limdan zavqlanuvchilar qo'lga olishdi, hayriyatki, Garrining tashqi ko'rinishi o'zgartirilgan edi. Garri va Germiona tezda Ronni topishdi va boshqa olamga o'tishdi, endi ular ruhdon (jon tumor) larni qidirib topishlari kerak. Dastlabki borgan qahvaxonalaridan O'limdan zavqlanuvchilar ularni topishgach, Garrining nomida bo'lga Seriusning uyiga borishga majbur bo'lishdi, u yerga Snegg kirmasligi uchun tilsim qo'yilgan edi. Tilsimlardan o'tishgach ular uyga kirishdi va shu yerda yashay boshlashdi. Garri yuqoriga chiqib Siriusning xonasasiga bordi, onasi Siriusga yuborgan xatning bir qismi va o'zining rasmini topdi. Keyin esa uni qidirib yurgan Germiona yuqoriga ko'tarilib, Garrini topdi va Ronga uni topganligi haqida xabar berdi. Ular xonadan chiqishar ekan boshqa xonaning eshigiga yozilgan so'zlar Garrining e'tiborini tortadi "Mazkur xonaga Regulyus Arkturus Blek tomonidan berilgan ijozatsiz kirilmasin". Eslay olsangiz bundan oldinggi qismlarda 2ta ruhdon yo'q qilingan edi, uchinchisi topilganda esa soxta bo'lib chiqqqandi. Uning haqiqiy varianti R.A.B tomonidan olib ketilganligi va o'zi yo'q qilishi yozilgan edi. Uning xonasini ko'rgan uchovlon biror nima toparmiz deb kirishdi, shu narsa ma'lum bo'ldiki, Siriusning ukasi Regulyus O'limdan zavqlananuvchi bo'lgan, keyinchalik Voldemort zulmidan charchab, uni yo'q qilish payiga tushgan. Bularni bilgandan so'ng Garri Potter uy elfini topib undan bor gapni so'rab olmoqchi bo'ldi. Taraqqosning aytishi bo'yicha Regulyus uni Voldemortning bir buyrug'ini bajarishi kerakligini aytadi hamda Voldemort bilan bir g'orga borganini u yerda g'alati bir suyuqlik ichganini, keyin esa o'sha idishning tubiga Voldemort bir medalyon qo'yganini, so'ngra Taraqqosni tashlab ketganligini aytadi. Chanqagan Taraqqos ko'l suvidan ichmoqchi bo'ladi va endi ichaman deganda noma'lum mavjudotlar uni ko'l tubiga torta boshlaydi, biroq o'sha vaqtda uni sohibi chaqirib qoladi va u g'ordan g'oyib bo'lib, sohibing uyida paydo bo'ladi. Bor gapni bilgan Regulyus bir kuni Taraqqos bilan o'sha yerga boradi va unga medalyonni olib,uyga qaytishni, keyin esa uni yo'q qilishini buyuradi, o'zi esa ko'lga sakraydi. Garri Potter Taraqqosdan medalyonni qayerdaligini so'raydi Taraqqos Mundungus olib ketganligini aytadi. Mungundus esa uni Ambrij olganini aytadi, xullas oltin triomiz, vazirlikka kirishga majbur bo'ladi, ming mashaqqatlar ila medalyonni olib chiqishadi, biroq pinhoniylik maydoniga qaytisholmaydi. Ular medalyonni olishga olishdiyu yo'q qila olishmadi. Galma galdan bo'yinlariga osib yurishdi, uning qudrati nihoyatda kuchli bo'lganidan kim taqsa, o'sha badjahl bo'lib qolardi. Bo'ynida medalyon turgan Ron Garri bilan tortishib qoldi va ularni tark etdi, endi faqat Garri bilan Germiona qoldi. Ular Garri tug'ilgan jiyga borishdi, o'sha yerda jontumor bor degan maqsadda, ammo ularga Batildaning tanasidan chiqqan Nagayna hujum qildi, hayriyat boshqa olamga o'tishdi.