Get Mystery Box with random crypto!

Charchadim. O'lay agar charchadim. Ming la'nat urushigayam, ra | Jumabaev's mind

Charchadim. O'lay agar charchadim. Ming la'nat urushigayam, raisligigayam! Bilmaganlar amaldor odamga oson tutadi. Yegani oldida, yemagani ketida, nima desa og'zingiz yeli deb o'ylaydi! Bo'lmagan gap! Amal kursisiga mindingmi, boshingga temir qalpoq, oyog'ingga temir paypoq kiyib olishing kerak. Ana shundagina o'zingdan yuqoridagilar boshingga, joning huzur qilganday iljayasan. Yo'q faqat iljayishning o'zi kamlik qiladi. Qancha qattiq tepsa, shuncha ishtaha bilan yalaysan. Bir tepadi, ikki tepadi... Uchinchisida chiqqan joyingga tiqib yuboradi! Shunaqa! Amaldorlikniyam chidaganga chiqargan, azobiga chidaysan.
"Ikk eshik orasi" romanidan