Get Mystery Box with random crypto!

#Jarayon #Respublika_Maʼnaviyat_va_maʼrifat_markazi #Surxondar | RMMM Jarqo‘rg‘on tumani

#Jarayon
#Respublika_Maʼnaviyat_va_maʼrifat_markazi
#Surxondaryo_viloyat_boʻlimi

YANA BIR MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT MASKANI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Bandixon tumanida Ma’naviyat va ma’rifat maskani foydalanishga topshirildi.

Maskanning ochilishida Bandixon tumani hokimi Abdumalik Allamurodov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayevalar so‘zga chiqib, hududlarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlash, aholi, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbida ma’naviy fazilatlarni yuksaltirish, oila va mahallalarda hamjihatlikni mustahkamlash kabi ishlar xususida so‘z yuritdi.

Batafsil: https://telegra.ph/YANA-BIR-MANAVIYAT-VA-MARIFAT-MASKANI-FOYDALANISHGA-TOPSHIRILDI-02-21

Bizni kuzatib boring:
https://t.me/+_f0776X-dadlYTAy