Get Mystery Box with random crypto!

Urgutda 19 yoshli qiz o‘z joniga qasd qilgani yuzasidan jinoya | JOMBOY NEWS 📰

Urgutda 19 yoshli qiz o‘z joniga qasd qilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Urgut tumani Tersak mahallasida yashovchi 19 yoshli A.S. shu mahallada joylashgan ota-onasining xonadonida nomaʻlum sabablarga koʻra oʻz joniga qasd qilgan va vafot etgan.

Bosh prokuraturaning ma‘lum qilishicha, marhumaga rahmsiz muomala qilish yoki uning sha’ni va qadr-qimmatini mutassil ravishda kamsitganlik holatlari bo‘lganligiga aniqlik kiritish uchun guvohlarni batafsil so‘roq qilish, yuzlashtirish, qo‘shimcha ekspertizalar o‘tkazish va boshqa zarur tergov harakatlarini o‘tkazmasdan qonuniy to‘xtamga kelib bo‘lmasligi inobatga olib, Jinoyat kodeksining 103-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov jarayoni Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

TEZKOR - tezkor yangiliklar maxfiy yangiliklar kanali