Get Mystery Box with random crypto!

#fakt Eurostat statistika agentligi yaqinda yevropaliklar o'r | Jomboy tuman axborot-kutubxona markazi.(Расмий канал)

#fakt

Eurostat statistika agentligi yaqinda yevropaliklar o'rtasida qiziqarli tadqiqot o'tkazdi.

Tadqiqot yevropa xalqlarining qay biri boshqalarga qaraganda kitob o'qishni ko‘proq yaxshi ko'radi mavzusida edi. Yevropaning 15 davlatidagi 20 yoshdan 74 yoshgacha bo‘lgan aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, ular kuniga kitob o‘qish uchun o‘rtacha 2 daqiqadan 30 daqiqagacha vaqt sarflaydi. Shu bilan birga, kitob o‘qishga ko‘proq vaqt saflaydiganlarning eng yuqori ulushi (16,8%) Finlyandiyaliklar ekanligi ayon bo‘ldi. Finlar har kuni mutolaa uchun taxminan 12 daqiqa vaqt ajratadilar va o‘qishni bo‘sh vaqtlarida shug‘ullanadigan asosiy mashg‘ulotlardan biri deb hisoblaydilar.

Ma'lumot o‘rnida: finlar dunyodagi eng baxtli va farovon insonlar sifatida baxtlilik indeksiga ko‘ra yuqori o‘rinlarda turadi.
Ta'lim sifati bo‘yicha esa jahondagi birinchilikni bir necha yillardan beri o‘zida saqlab turibdi.