Get Mystery Box with random crypto!

MUSTAQILLIK MUBORAK BO'LSIN Assalomu alaykum, aziz doʻstlar, | Jizzax viloyat XTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal

MUSTAQILLIK MUBORAK BO'LSIN

Assalomu alaykum, aziz doʻstlar, qadrli yurtdoshlar!

Avvalambor, bugungi quvonchli ayyomda butun respublikamiz hamda viloyatimiz ahlini Vatanimiz Mustaqilligining 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.
Oʻzbek xalqining ulkan jasorati va matonati bilan 1991 yil 31 avgustda qoʻlga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi koʻp ming yillik tariximizdagi hech qachon unutilmaydigan, qadr-qimmati va ahamiyati yillar, asrlar oʻtgani sayin tobora ortib boradigan buyuk tarixiy voqeadir.

Bu yil yurtimizda Vatanimiz Mustaqilligining oʻttiz bir yilligi “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan shior asosida nishonlanmoqda.

Ayniqsa, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish va uni jahonga tarannum qilish boʻyicha muhim natijalarni qoʻlga kiritayotganimiz, bu yutuqlar xalqaro jamoatchilik tomonidan eʼtirof etilayotgani, eng asosiysi, vatandoshlarimizning ongi tafakkuri, dunyoqarashi oʻzgarib, ular islohotlar samarasini kundalik hayotida his qilib yashayotganini alohida taʼkidlash zarur.

Siz, aziz va muhtaram vatandoshlarimizni Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yillik bayrami bilan yana bir bor chin qalbdan samimiy tabriklayman.
Barcha pok niyatlarimiz ijobat boʻlishini, Yaratganning oʻzi yurtimizni turli balo-qazolardan asrashini, birdamlik, doʻstlik va ahillik tuygʻulari yanada ziyoda boʻlishini soʻrab qolaman.

Barchangizga sihat-salomatlik, yangi-yangi yutuqlar, oilaviy xotirjamlik yor boʻlsin, farzandlar, nabiralarning baxt-u kamolini koʻrish nasib etsin!
Jonajon Vatanimiz, xonadonlarimizdan tinchlik-osoyishtalik, fayz-u baraka hech qachon arimasin!

Hurman bilan: Jizzax viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Sadriddinova Dilfuza Roʻziqulovna

Jizzax viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram|Facebook|You Tube|Instagram|