Get Mystery Box with random crypto!

Jizzax shahrining ayrim mahallalarida ichimlik suvi taʼminoti | JIZZAX BOZOR

Jizzax shahrining ayrim mahallalarida ichimlik suvi taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

“Jizzax suv taʼminoti” MChJ shahar boʻlimiga qarashli D-400 mm markaziy ichimlik suv tarmogʻida nosozlik yuzaga kelgan. Ushbu nosozlikni bartaraf etish uchun “O’zbekiston“ suv uzatish inshootida joriy yilning 18- dekabr kuni soat 05:00 dan kech soat 20:00 ga qadar ichimlik suv taʼminoti oʻchiriladi.

Jizzax shahrining - H.Olimjon, A.Navoiy, Navroʻz, Sayljoyi, Xayrabod, Ulugʻbek, Madaniyat, Qaliya, Nurliobod va Zargarlik mahallalarida ichimlik suvi taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.
@JizzaxBozor