Get Mystery Box with random crypto!

NOSOZLIK TUFAYLI JIZZAX SHAHRI VA SHAROF RASHIDOV TUMANI HUDUD | JIZZAX BOZOR

NOSOZLIK TUFAYLI JIZZAX SHAHRI VA SHAROF RASHIDOV TUMANI HUDUDIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHALIK TO'XTATILADI.

"Jizzax Janubiy" GTS ning regulyator qurilmasida yuzaga kelgan nosozlik sababli Jizzax shahri va Sh.Rashidov tumaniga qarashli 22 ta MFY dagi 20 204 ta tabiiy gaz iste’molchilariga 2023-yil 15-dekabr soat 04:55 dan tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi. Gaz ta’minoti 15-dekabr kuni soat 08:00 dan yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, iste’molchilarni tabiiy gaz bilan ta’minlashga xizmat qiluvchi yuqori bosimli gaz taqsimlash punktlari to‘liq nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda. Ta’mirlash ishlari davom etgan taqdirda ayrim hududlarga tabiiy gaz ta’minoti kech soat 17:00 ga qadar yo‘lga qo‘yiladi.
Iste’molchilardan gaz jihozlarini qarovsiz qoldirmasliklari so‘raladi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.

"Hududgaz Jizzax" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

@JizzaxBozor