Get Mystery Box with random crypto!

JIZZAX YOSH OLIMLAR KENGASHI

Telegram kanalining logotibi jizzax_yosh_olimlar_kengashi — JIZZAX YOSH OLIMLAR KENGASHI J
Telegram kanalining logotibi jizzax_yosh_olimlar_kengashi — JIZZAX YOSH OLIMLAR KENGASHI
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 73
Kanalning ta’rifi

"Respublika Yosh Olimlar Kengashi Jizzax viloyati bo'limi"
Maqsadimiz:
📌 Xalqaro, ta'lim grantlari;
📌 O'zbekistondagi va xalqaro yutuqli tanlovlar;
📌 Prezident va Davlat Stipendiyalari;
📌 Ilmiy maqolalar chiqarishda yordam berish;

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-06-28 20:34:57
Шошилинг!!

ENGLISH FOR SCIENCE - 2022 дастурининг 3- мавсум танловида иштирок этиш истагида бўлган талабгорлар рўйхатдан ўтиш учун саноқли кунлар қолди.

Дастурнинг 1 босқич танловида қатнашиш истагини билдирган иштирокчилар жорий йилнинг 30-июнь санасига қадар қуйида келтирилган ҳавола орқали онлайн рўйхатдан ўтишни унутманг.

https://forms.gle/5oSQRBb8qYniPpis7


Қўшимча маълумот учун: +99895 170 59 95

Эслатма
: “English for Science” республикамизнинг тадқиқотчи олимлари учун бепул академик инглиз тили лойиҳаси.

Қўшимча маълумотлар: https://t.me/cntiuz/1288

Телеграм канал: https://t.me/cntiuz
Facebook: https://www.facebook.com/cstiuzb/
14 views17:34
Ochish/sharhlash
2022-06-28 20:27:51
Xalqaro talabalar uchun Germaniyada Eynshteyn Forumi 2023 stipendiyasi

IELTS talab qilinmaydi

Mamlakat : Germaniya

Imtiyozlar : Barcha xarajatlar qo'planadi

Batafsil https://itduzb.blogspot.com/2022/06/xalqaro-talabalar-uchun-germaniyada.html?m=1
30 views17:27
Ochish/sharhlash
2022-06-28 10:19:45
#Qabul2022
Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
12 views07:19
Ochish/sharhlash
2022-06-26 14:27:11 Biz bilan hamkorlik qilib siz ushbu xizmatlarda foydalanishingiz mumkin:

-Jurnallar asortimenti faqat bizda.
Scopus,
WOS
OAK tasarrufidagi Yuqori impakt faktorga ega jurnallar

-Sifat
Tarjima
Tahrirlash
Plagiatga tekshirish
Maqolalarga iqtibos keltirish
Xirsha indeksini oshirish
DOI olib berish
Monografiya va kitob chiqarish
Xalqaro jurnal & konferensiyalar

-Tezlik
Scopus 20-40 kun
WOS 20-30 kun
OAK tasarrufidagi Yuqori impakt faktorga 3-15 kun

-100% Natija

Pdf, Sertifikat va nashr qilingan maqolangiz havolasi taqdim etiladi!

Maqolalar Google Scholar, Crossref, Neliti, OneSearch, OpenAIRE, BASE, Zenodo va boshqa xalqaro bazalarida indekslanadi.

Biz bilan har doim foyda ko'rasiz!

Adminga murojaat

Bizning kanal
28 views11:27
Ochish/sharhlash
2022-06-26 14:17:52
Diqqat! Tanlov!

Yoshlar ishlari agentligi, Narkotik moddalarni nazorat qilish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi va bir qator vazirlik va idora-tashkilotlar hamkorligida "Giyohvandlikka qarshimiz" mavzusida videoroliklar tanlovi e'lon qilinadi.

Tanlov g'oliblari:

• 2ta oliy o'rin - Noutbuk (Lenovo - Intel core i3)

6ta birinchi o'rin - Velosiped
6ta ikkinchi o'rin - Televizor (Artel)
6ta uchinchi o'rin - Planshet bilan taqdirlanadilar. (G-Tab)

Tanlovda ishtirok etish uchun ijodiy ishlaringizni @giyohvandlikkaqarshimizbot ga yuboring.

Ijodiy ishlar 21-iyundan 29-iyun kuni soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi.

Tanlov shartlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqing.

https://t.me/Jizzax_Yosh_Olimlar_Kengashi
24 viewsedited  11:17
Ochish/sharhlash
2022-06-25 13:21:49
Oson boyib ketish siri yoki birovning peshona terisi(puli)ga ega bo‘lish...

Ko‘pchilik biladi hozir kunda birovning haqqidan qo‘rqmaydigan (o‘ylashicha Allohni huzuriga bormaydi)ganlar ko‘payib ketdi.

Bu hozirgi kunda butun dunyoda bo‘yicha ommalashdi ko‘p hollarda kuzatamiz elektron pochtamiz(yutuqlar), telegram orqali(mukofot, bolalar puli), Facebook orqali (sizning tanimagan qarindoshingizni katta pul miqdori qaysidir chet davlatning bankida borligi va uni sizga olib berishini aytadi) va yana bir qancha (Xullas internet orqali)

Yaʼni bizning soddaligimizdan va nafsimizni ochligidan foydalanishadi.

Ogoh bo‘ling siz ham bularning tuzog‘iga tushishingiz mumkin...
28 views10:21
Ochish/sharhlash
2022-06-25 13:19:08
Bugun bir tanishim shu habarni bildirdi. Kartasidagi bor pulni yechib olishibdi . Bu birinchisi emas. Oldindan aytay bu pulni kim yechganini topa olmaysiz. Bank ham yordam bermaydi.

Bu kanal rasmiymi rasmiy emasmi bilmayman lekin adminlarini ko'zi ko'rligi aniq. Haqiqiy bo'lmagan va o'g'rilarning reklamasini kanalda e'lon qilgan. Bu postni 5000+ kishi ko'ribdi. Shulardan kamida 100tasi bu tuzoqqa tushgan bo'lsa juda katta zarar bu.

Berilgan saytning bosh sahifasi Clickning bosh sahifasi bilan bir xil. Qachonki boshqa tugmalarga bossangiz haqiqiy clickning websahifasiga o'tkazadi. Juda yaxshi clonelashgan.

Qanday qilib hali ham shunaqa habarlarga ishonadi insonlar tushinmayman. Qachon tushinishadi hech kim shunchaki pul berib qo'ymasligini. Kirayotgan saytingizni linkiga e'tibor bering. Sohta saytlarga ishonib siz ham pulingizni o'g'irlatib qo'ymang.
26 views10:19
Ochish/sharhlash
2022-06-14 21:03:00
Jizzax yoshlari diqqatiga

Yoshlar oyligi oʻzining eng qizgʻin pallasiga yetib keldi.

16 iyun, soat 19-00 da,
barcha Jizzax yoshlarini shahrimizning markaziga,

Oʻzbekistonimiz bayrogʻi qad rostlagan maydonga taklif etaman

Jizzax shahar Hokimining koʻmagi va Yoshlar ishlari agentligi Jizzax shahar boʻlimining tashabbusi bilan shahrimiz va shahrimizdagi barcha yoshlar uchun,
yuqori darajada Yoshlar festivali oʻtkazishni reja qilganmiz.

Festival davomida, yosh isteʼdod egalarining chiqishlari bilan bir qatorda, Respublikamiz tanigan, taniqli estrada yulduzlarining ham chiqishlari koʻzda tutilgan.
Estrada yulduzining nomi sir boʻlib qolsin, kelsangiz siz uchun albatta koʻngilochar konsert boʻlishiga ishonchimiz komil.

https://t.me/Jizzax_Yosh_Olimlar_Kengashi
81 viewsedited  18:03
Ochish/sharhlash
2022-06-11 14:24:32 #xalqaro_dasturlar

Iyulda qabul tugaydigan dasturlar

Tech Briefs: Innovatsion texnologiyalar boʻyicha tanlov; bosh mukofot 25 ming dollar! (muddat: 1-iyul)

Bilkent Universiteti: Turkiyada bakalavr kurslari uchun 100% gacha grantlar! (muddat: 4-iyul)

Qirgʻiziston: Markaziy Osiyodagi moslashish va transformatsiyalar boʻyicha konferensiya; safar va turar joy xarajatlari qoplanadi (muddat: 15-iyul)

ESD Okayama Award: Tashkilotlar uchun taʼlim boʻyicha mahalliy loyihalar tanlovi; mukofot – 3000 dollar! (muddat: 15-iyul)

NASAdan qisqa metrajli filmlar tanlovi; mukofot – 10 000 dollargacha! (muddat: 15-iyul)

Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasidan tashkilotlar uchun kichik grantlar dasturi (muddat: 15-iyul)

Deutschland Scholarship: Germaniyada bakalavriat yoki magistraturada oʻqish uchun oyiga 300 yevro stipendiya; joy – 150 ta! (muddat: 18-iyul)

Italiya: Milan Politexnika universitetining magistratura kurslarida oʻqish uchun toʻliq grant va yillik 15 ming yevrogacha stipendiya; joy – 144 ta! (muddat: 20-iyul)

Maltada 4 haftalik ingliz tili va IELTS kursini oʻqish uchun toʻliq grant; bepul turar joy ham taʼminlanadi! (muddat: 25-iyul)

Oxford University: Ayol-qizlarga Executive MBA kursida tahsil olish uchun qisman grantlar (muddat: 25-iyul)

Insholar tanlovi: pandemiya davridagi hayot haqida insho yozib, pul mukofoti yutib oling! (muddat: 31-iyul)

KOICA: Koreyada kimyo sohasida magistratura va doktoranturani oʻqish uchun toʻliq grant; joy – 22 ta! (muddat: 31-iyul)

Skoltech: Rossiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya; joy 400 ta! (muddat: 31-iyul)

Germaniya parlamentida (Bundestag) barcha xarajatlar qoplanadigan 5 oylik amaliyot dasturi! (muddat: 31-iyul)

2022-yil iyun oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini
bu yerda berilgan. Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!
68 views11:24
Ochish/sharhlash
2022-06-06 09:49:00
"Media-volontyorlik" mavzusi haqida dars bo'lib o'tadi

Spiker Jizzax volontyorlar maktabi mentori Oltin qanot volontyorlar tashkiloti Jizzax viloyati kordinatori Umidjon Nurullayev

10.06.2022 16:00

Oʻzbek tili

Jizzax viloyati Yoshlar innovatsion markazi

Bepul

Offline

@volontyorlar_maktabi_jizzax
35 views06:49
Ochish/sharhlash