Get Mystery Box with random crypto!

Mulohaza — Kel oʻgʻlim. Qarshimga oʻtir, sendan bir nima soʻr | 𝑱𝒊𝒅𝒅𝒊𝒚𝒓𝒐𝒒

Mulohaza

— Kel oʻgʻlim. Qarshimga oʻtir, sendan bir nima soʻramoqchiman.
— Tayyorman, ustoz.
— Mavjudotlar nechaga boʻlinadi?
— 4 ga boʻlinadi.
— Menga xatodek tuyilyapti, mayli sana-chi, boʻtam.
— Oʻsimliklar, hayvonlar, insonlar va bolalar...
— Bolalar inson emasmi, oʻgʻlim?
— Haqsiz, ustoz. Adashmasam, mavjudotlar uchga boʻlinadi.
— Yaxshi, qani boshqatdan sana-chi, oʻgʻlim.
— Oʻsimliklar, hayvonlar va bolalar.
— Oʻgʻlim insonlarga nima boʻldi?
— Qalbini sevgi bilan yoshartirib, yashay olgani bolaligicha qoladi, qolgani esa hayvonga aylanadi, ustoz...