Get Mystery Box with random crypto!

SOQQACHI BOLLA

Telegram kanalining logotibi jek_jiddiy — SOQQACHI BOLLA S
Telegram kanalining logotibi jek_jiddiy — SOQQACHI BOLLA
Kanal manzili: @jek_jiddiy
Toifalar: Ko‘ngilchak
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13.91K
Kanalning ta’rifi

Ketmon tegmagan "Udar" gaplar😂 Kuzatuvlar, IMHO, Yumor😎

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 19

2023-04-09 07:30:59 Lyusen Keren
Amir Temur saltanati

Sohibqiron Amir Temur va uning jahon tarixida tutgan o‘rni haqida Fransiyada o‘nlab tarixiy-badiiy va ilmiy asarlar yaratilgan. Mazkur asar 1980-yilda Parijdagi «Payot» nashriyoti tomonidan nashr qilingan. Shundan so‘ng yana bir necha bor qayta-qayta bosilgan bu roman Samarqand tarixi bilan boshlanib, Amir Temurning dunyoga kelishidan umrining oxirigacha bosib o‘tgan hayot yo‘lini qamrab oladi. Unda sohibqiron barpo etgan saltanatning keyingi taqdiri hamda Boburning hayotiga alohida boblar ajratilgan. Buyuk bobokalonimizning Yevropa qirollari bilan o‘rnatgan munosabatlari haqidagi qimmatli ma’lumotlar ham ilova qilingan.
Asar keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

#Jek
@Jek_Jiddiy
3.4K views04:30
Ochish/sharhlash
2023-04-08 20:11:43 Kimgadir noto'g'ri gapirib, ko'nglini og'ritib qo'ymaslik uchun tilimni tagiga tosh solib yuribman)

#Jek
@Jek_Jiddiy
3.8K views17:11
Ochish/sharhlash
2023-04-08 20:11:43 Ko'chaning nargi betidagi odam, seni ortingda turgan odamga qo'lini ko'tarib qo'ysa va sen menga aytyapti deb, bilmay "yaxshimisiz" deganday boshingni qimirlatib qo'ysang, yomon alam qiladida, bundan ortiq azob yo'q)

#Jek
@Jek_Jiddiy
3.7K views17:11
Ochish/sharhlash
2023-04-08 19:00:42 Sen zo‘rsan.

1. Gap yo'q zo'r qilding. O'qituvchini boblab ustidan kulding. Malades sen zo‘r san.

2. Qoyile, anavi qizni boblab uyaltirding. Boshini ko‘tara olmadi hatto. Malades sen zo‘rsan.

3. Qanday qilyapsan? Ota-onangdan pulni o'qishga deb boshqa narsaga ishlatish metodikalarini menga ham o'rgat. Baribir zo‘r sanda.

4. Wow. Haligi soddagina amakini boblab aldading. Gapga chechansanda. Senga havasim keladi zo‘rsanda.

5. Diskoda chiroyli o'ynadingda. Qayerdan o‘rgangansan? Menga ham o‘rgatasanmi? Baribir zo‘r sanda.

P.S:
Agar seni ham shundaylarga havasing kelayotgan bo'lsa, demak sen ham "zo'rsan" do'stim.


#Jek
@Jek_Jiddiy
4.0K viewsedited  16:00
Ochish/sharhlash
2023-04-07 19:47:32 — Assalomu alaykum. Ish boʻyicha murojaat qilyapman.
— Sohangiz boʻyicha oʻqiganmisiz?
— Ha, oʻqiganman.
— Qaysi kursda oʻqigansiz?
— Toʻgʻrisi opam oʻqigan. Soʻrab oʻrganvolaman


#Jek
@Jek_Jiddiy
2.9K views16:47
Ochish/sharhlash
2023-04-07 18:48:17 R harfini talaffuz qila olmaydigan odam, otni qanday to'xtatadi degan savol qiynaganmi hech sizlarni?)

Twitter
#Jek
@Jek_Jiddiy
3.2K viewsedited  15:48
Ochish/sharhlash
2023-04-07 11:31:33 Odamlarga jiddiylik emas, yengillik ya‘ni oldi-qochdi narsalar muhim va qiziq bo‘lib kelgan. Ularni kuldirish kerak, kayfiyatini ko‘tarish kerak yoki ularga pul topishni o‘rgatish kerak. Chunki yashash sharoit - yildan-yilga qiyinlashib bormoqda.

Aytishadiki: "sen o‘zingni to‘g‘irla, sendan rang olib boshqalar ham to‘g‘ri bo‘ladi" - deb. Qaniydi shunday bo'lsa. Hayotga real ko‘z bilan qaraylik, do‘stlar! Bugun kim kimdan o‘rnak olyapti? Bugun kim millioner bo‘lsa, kimni instagramda kuzatuvchisi ko‘p bo‘lsa, o‘shanday bo‘lishga harakat qilishadi. O‘zligini anglashni istashmaydi. Aksincha birovga taqlid qilib, o‘zligidan kechishga harakat qilishadi!

#Jek
@Jek_Jiddiy
4.2K views08:31
Ochish/sharhlash
2023-04-07 11:31:33 Majburiyat emas

1. Ertalab barvaqt turib darsga borish, o‘qituvchilarning gaplariga quloq solish, vazifalarni vaqtida bajarish, odobli bo‘lish, majburiyat emas.

"Kelajaging muhim bo‘lmasa, majburiyat emas"

2. Ishda masʼuliyatli bo‘lish, senga yuklangan vazifalarni bajarish, tartibli bo‘lish, majburiyat emas.

"Ish joyingda qolish niyat bo‘lmasa, majburiyat emas"

3. Sport bilan shug‘ullanish, to‘g‘ri ovqatlanish, kun tartibi tuzish, majburiyat emas.

"40 ga kirmasdan cholga (kampirga) aylanmoqchi bo‘lsang, majburiyat
emas
"

4. Ota - onang gapiga quloq solish, ularni rozi qilish, majburiyat emas.

"Shu darajada razil bo‘lmoqchi bo‘lsang, oxiratda jahannam olovida yonmoqchi bo‘lsang, majburiyat emas"

5. Majburiyatlar yuklanishi shart emas, ularni o‘zimiz anglashimiz kerak. Buni qil, yoki uni qil deyishlarini kutmang, axir hammamizning o‘z tafakkurimiz bor.

"Alloh taolo odamzodga aql - idrok berdi"

6. Nimadir qilishdan oldin uni aql tarozisiga qo‘ying, yur ketdik desa ergashmang, buni qil desa to‘g‘ri ish qilyapmanmi deb o‘ylang.

"Hayvonlar o‘ylamaydilar, chunki ularda ong yo‘q"

Hayotda o‘z aqlingiz bilan ish qiling, chunki oxiratda ham, ular sizga javob berishmaydi.

#Jek
@Jek_Jiddiy
4.1K views08:31
Ochish/sharhlash
2023-04-06 19:59:02 Har qanday qiz moddiy erkinlikka erishgan yigit bilan oila qurishni istaydi. "Boyni tanlab ketdi" degan yig'loqi qo'shiqlar eshitishni, siqilishni bas qilib, aql bilan ishlashni boshla!

#Jek
@Jek_Jiddiy
4.1K views16:59
Ochish/sharhlash
2023-04-06 19:59:02 Ertalab masalan, eshikdan chiqayotganda telefonni olishni unutmaysiz-ku. Iltimos miyyangizni ham olib chiqing)

#Jek
@Jek_Jiddiy
3.8K views16:59
Ochish/sharhlash