Get Mystery Box with random crypto!

Ilmi holat Nima kitob o’qishni bilmaydiganlarga hayron qolama | SOQQACHI BOLLA

Ilmi holat

Nima kitob o’qishni bilmaydiganlarga hayron qolaman.

- Ilmi holat o’qing. Har birimiz istalgan payt holatlarda bo’lamiz. O’sha holatlarni ilmini o’rganmay turib “Boy ota, kambag’al ota”lar o’qilmaydi.

- Talaba bo’lsangiz, effektiv o’rganish haqida o’qing.

- Hodim bo’lsangiz, qilayotgan ishingiz haqida, ishxonangizni o’stirish haqida o’qing.

- Vaqtingiz bor bo’lsa, vaqtni samarali ishlatish haqida o’qing.

- Pulingiz bo’lmasa, pul topish yo’llari haqida o’qing.

- Musulmon bo’lsangiz, diningizga amal qilish haqida o’qing.

- Jamoangiz bo’lsa, boshqaruv haqida o’qing.

- 10ta kitob o’qiganingizdan keyin, "kitob bormi?" emas, "kitob o’qishga vaqt bormi?" deb so’ray boshlaysiz.

- 50ta bo’lganidan keyin, o’zingizni aqlli hisoblab, kitoblar tavsiya qilishga o’tasiz.

- 100ta bo’lganidan keyin, kitoblar odamni o’zgartirmasligi, kitob o’qish
o’zgartirishini tushunasiz.

azizrakhimov
#Jek
@Jek_Jiddiy