Get Mystery Box with random crypto!

1996-yilda Amerikada g'alati sud ishi bo'lib o'tgan. Kunlarni | SOQQACHI BOLLA

1996-yilda Amerikada g'alati sud ishi bo'lib o'tgan.

Kunlarning birida Larri Rutman ismli odam bumerang uloqtiradi. Bumerang qaytib kelib, Larrining boshiga tegadi. Shundan keyin u o'ylab o'tirmay o'zini o'zi sudga beradi.

Eng qizig'i, u sudda yutib chiqib, 300 ming dollar tovon puli undiradi.

Larrini ahmoq deyishga shoshilmang. U bir muddat ilgari o'zini shunday hodisa sodir bo'lishidan sug'urta qilgandi. Sudning qaroridan keyin sug'urtachilar ayyor mijozga 300 ming dollar to'lab berishga majbur bo'lgan.

#Jek
@Jek_Jiddiy