Get Mystery Box with random crypto!

Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta davlat granti asosidagi | JDPU | Rasmiy kanal

Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta davlat granti asosidagi kvotalarning hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi (https://t.me/eduuz/9627).
Unga ko‘ra:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 111;
Andijon – 183;
Buxoro – 112;
Jizzax – 81;
Qashqadaryo – 193;
Navoiy – 60;
Namangan – 165;
Samarqand – 227;
Surxondaryo – 155;
Sirdaryo – 50;
Toshkent viloyati – 177;
Farg‘ona – 221;
Xorazm – 110;
Toshkent shahri – 155.
O‘tgan yillari kvotalar hudud kesimida umumiy berilar edi. Joriy yilda 3 ta sohaga alohida kvota ajratilgan:
1) aniq va tabiiy fanlar;
2) texnika fanlari;
3) tibbiyot fanlari;
Mana shu uchta sohadan ortib qolgan kvotalar esa, umumiy boshqa barcha sohalar uchun bo‘ladi.
Masalan, Andijon uchun umumiy kvota 183 ta. Shu jumladan, aniq va tabiiy fanlar uchun 43 ta, texnika fanlari uchun 24 ta, tibbiyot fanlari uchun 29 ta kvota. Jami 96 ta o‘rin mana shu 3 ta sohaga ajratilmoqda. Qolgan 87 ta o‘rin esa boshqa barcha sohalar, masalan gumanitar, ijtimoiy, xizmatlar sohalari va h.k. uchun umumiy tanlov sifatida beriladi.