Get Mystery Box with random crypto!

Ha, mayli. Baribir uyqu kelmadi. Foydali ish qilay. Xullas, is | Javohir Achilov | IT Blog

Ha, mayli. Baribir uyqu kelmadi. Foydali ish qilay. Xullas, islomda g'ayridinlarni ikki qismga bo'lish mumkin: ahli kitob va mushrik. Zamonaviyroq aytadigan bo'lsak, ahli kitoblar bular nasroniy va yahudiylar bo'lsa, mushriklar turli haykallar, butlar, narsa-buyumlar, olov va hokzalolarga sig'inuvchilar. Shu ikki toifadagi g'ayridinlarga munosabat ham bir xil bo'lmagan.

E'tibor qiladigan bo'lsak, islom kirib borgan yerlarda nasroniylik va yahudiylik saqlanib qolgan. Lekin boshqa dinlar to'liq yo'q bo'lib ketgan yoki boshqa hududlarga qochib ketgan. Markaziy Osiyodagi zardushtiylik ham shunday. Yoki Eronda. Lekin Arabistonning o'zida nasroniylar va yahudiylar doim yashagan. Albatta jizya to'lash hisobiga. Tarixiy Hindistonning ham shimoliy qismi to'liq islomlashgan. Qiziq holat.

Menimcha, bunday ikki xil munosabatga sabab, birinchidan, nasroniylar va yahudiylar ahli kitob bo'lgani bo'lsa, ikkinchidan, nasroniylarda mavjud kuch ham rol o'ynagan bo'lsa kerak. Ya'ni tiyib turadigan tashqi kuch ham bo'lgan. Boshqa mayda dinlarga esa "ega" bo'lmagan.

Keyinchalik paydo bo'lgan shialikka va shialarga munosabat ham juda keskin bo'lib kelgan. Endi buning tarixi uzoq. Lekin shuni aytish kerakki, shialarga munosabat ahli kitoblarga bo'lganidan ham yomonroq bo'lgan deb o'ylayman. Bu xuddi, ta'bir joiz bo'lsa Makka mushriklarining ilk musulmonlarga nisbatan munosabatiga ham o'xshab ketadi. Ya'ni, bizdan ajralib chiqding, safimizni buzding, tarqoqlik keltirding qabilidagi qarash va g'azabga asoslangan. Hozirda boshqa turli oqimlarga nisbatan ham shunday keskinlikni ko'rish mumkin.

Yahudiylar masalasi endi alohida mavzu. Ming yillar davomida ezilib kelgan xalq desa ham bo'ladi. Yevropada, Rossiyada eng past, gettoda yashaydigan qatlam hisoblangan. Ispaniyadan haydalishi ham bir tarix. Bu haqda oldin yozganman. Izlab ko'rsanglar chiqadi.

P S: Islom deganda tor doiradagi faqat din ma'nosida emas, Islom davlati, Islom jamiyati ma'nosida tushunilsin.

@JavokhirAchilovBlok