Get Mystery Box with random crypto!

Futbol muxlislari diqqatiga! 18-may kuni Toshkentda Italiya | Jasur Yaxshiboyev (✅RASMIY) Jasurbek yaxshiboev

Futbol muxlislari diqqatiga!

18-may kuni Toshkentda Italiya va Oʻzbekiston futboli afsonalari uchrashuvi oʻtkazilishi haqida xabar berib oʻtgandik. O’FA tomonidan O’zbek futbolining 110 yilligi munosabati bilan muxlislar uchun sovg’a sifatida ana shu uchrashuvga kirish bepul etib belgilandi.

Demak, Italiya A-Seriyasi afsonalari hamda terma jamoamizda faoliyatini yakunlayotgan yorqin avlod vakillari o’rtasidagi o’yinni 18 may kuni, soat 19:00 da “Paxtakor” stadionida tomosha qilishingiz mumkin.

Stadionga tashrif buyura olmaydigan futbol ixlosmandlariga qulaylik yaratish maqsadida uchrashuvni "Sport" telekanali orqali toʻgʻridan-toʻgʻri efirda namoyish etish rejalashtirilmoqda.