Get Mystery Box with random crypto!

❤️꙰🌹꙰ 𝕆𝕟𝕒𝕛𝕠𝕟𝕚𝕞 𝕤𝕚𝕫𝕟𝕚 𝕊𝕠𝕘'𝕚𝕟𝕕𝕚𝕞 🌹꙰❤️

Telegram kanalining logotibi janatim_onajonim — ❤️꙰🌹꙰ 𝕆𝕟𝕒𝕛𝕠𝕟𝕚𝕞 𝕤𝕚𝕫𝕟𝕚 𝕊𝕠𝕘'𝕚𝕟𝕕𝕚𝕞 🌹꙰❤️
Telegram kanalining logotibi janatim_onajonim — ❤️꙰🌹꙰ 𝕆𝕟𝕒𝕛𝕠𝕟𝕚𝕞 𝕤𝕚𝕫𝕟𝕚 𝕊𝕠𝕘'𝕚𝕟𝕕𝕚𝕞 🌹꙰❤️
Kanal manzili: @janatim_onajonim
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.59K
Kanalning ta’rifi

╔═┄┅অঠই✯👴👵✯ইঠঅ┅┄═╗

꧁OTA ONALARIMIZNI YAXSHI KO'RADIGANLAR KIRSIN꧂꧁🕋꧂
꧁DAVLATIM OTAM꧂
꧁JANATIM ONAM꧂
꧁AZIZLAR OTA-ONALARIMIZNI ASRAYLIK
Kanal yaratilgan sana 4 yanvar 2020yil
@Sizni_Sogindik_571
👨‍💻
Bosh Admin @Musofirman_571

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2023-05-20 09:53:51 Qiyomatga qolgan baxt FINAL 35-qism Bir kuni Shahinalarning uyiga ammasi keldi. Shahina doimgidek qõli gips yuzi ishgan chõloğlanib yurardi. Yotgandi honasida. Shahina avval meni kõrgani keldi deb õyladi. Keyin yonida yana bir ayol…
605 viewsMohi, 06:53
Ochish/sharhlash
2023-05-20 09:52:39 Qiyomatga qolgan baxt
FINAL
35-qism

Bir kuni Shahinalarning uyiga ammasi keldi. Shahina doimgidek qõli gips yuzi ishgan chõloğlanib yurardi. Yotgandi honasida. Shahina avval meni kõrgani keldi deb õyladi. Keyin yonida yana bir ayol borligiga hayron bõldi. Honasidan chiqmadi. Ammasi kirdi. Salom alik qilishdi hol ahvol sõrashdi.

Ammasi seni õzim tomonga olib ketgani keldim menga sherik bõlasan dedi.

Shahina: Iyi amma

Men seni bahtli bõlishingni hohlayman yomon oila bõlsa tavsiya qilmasdim. Õzimni kõz oldimda bõlasan buni nimasi yomon. Gap shu.



Ammasi chiqib ketdi Shahina hech narsaga tushunmasdi. Kech bõldi ovqatlanishdi. Ammasi qõnğiroq qildi qachon gipsni yechadi deb 10 kunlarda deyishdi. Har kuni kelishardi yomğirmi shamolmi. Uydagilar qarshi bo'ldilar yuq bermaymiz deb. Ammasi ustunlik qildi hop bermasalaring ham uchrashib kõrsin deb. 26-oktabr Shahinani tuğilgan kuni Shahina gipsni yechib tashladi yuzidagi ishganlar ham chõloğlanib yurishdan ham asar qolmagandi. Batamom tuzalganda ammo ozgina qõli oğriq berardi holos. 26-oktabr kuni kechga Shahinani opasi pochchasi bilan kelishdi ammalari ham bugun kelishmoqchi edi Shahina kuyov bilan kõrishmoqchi edi.

Ammalari keldi kuyov ham keldi uyga kirib hammalari osh yeyishdi. Shahina chiqib ketdi. Kuyov bilan uchrashtirishdi. Shahina rozi bõldi boshqa iloji ham yõq edi chunki ammasi yõq desang sendan hafa bõlaman gapirmiman degandi. Kuyov 24-yosh 1998-yil Ismi Husniddin.

Kutilmaganda Shahinani hayoti õzgarib ketdi. Husniddin judayam mehribon aqilli edi Shahinani aytganlarini qilar kõngliga qarardi. Bora-bora Shahina ham Husniddinga bog'lanib qolayotgandi. Alloh yozgan jufti halolidan nolimasdi. Diyorbek eshitib chet elga õqishga ketib yuboradi. Sohibjon doimgidek ichib Shahinalarning mahallasiga har kuni kelardi baqirib qõshiq aytib yurardi. Dilshod bõlsa turmushga chiqib ajrashgan qizga uylanibdi. Sanjardan bõlsa habar yõq. Shahina Sanjarni bir lahza ham unutgani yõq. Yuragiga tugib qo'ygan Alloh nasib qilib õğil farzand kõrsa Sanjarni ismini qõymoqchi. Husniddin Shahinani judayam hurmat qiladi. Õzidan ham qizğonadi. Hech kimga ishonmaydi. Shahina tabiatan judayam erkatoy qiz ammo Husniddin hamma erkaliklariga chidab kelmoqda.


Kamchiliklari uchun uzr sõrayman. Yoqqan bõlsa hursandman yoqmagan bõlsa uzr. Sizlarga vada bergandim ohirida kimni hayoti ekanligini aytaman deb. Shuncha vaqtdan beri sizlarni kõnglingizdan ozmi kõpmi joy olgan, sizlar uchun hikoya yozib charchamaydigan, oğir kunlarni boshidan õtkazgan hikoya yozsa hotiralarini eslaydigan ismini hikoyada Shahina deb tanishtirgan. Hayotda asl ismi Shahnoza ha õsha bu hikoyani yozgan siz tanigan sizning yozuvchingiz Shahnoza. Agar anglagan bõlsangiz hikoyani bazi bir joylarida Shahinani ismini Shahnoza deb ham yozib yuborgan paytlarim ham bõldi. Ana endi haqiqatni bilasi Hikoya yoqdi deb umid qilaman.

TAMOM
491 viewsMohi, 06:52
Ochish/sharhlash
2023-05-20 09:51:29 Qiyomatga qolgan baxt


Yarim final

34-qism


Shahina qanday yashayotgani faqat õzigagina ayon edi. Judayam qattiq yuragi azob chekardi. Ahir menda nima ayb men qayerda xato qilgandim. Ey Alloh boshqalarni qalb oğriğiga meni sababchi qilib õyma.



Diyorbek: Yahshimisz Shahina.

Shahina: Assalomu alekum


Diyorbek: Volekum assalom. Yahshimisz ancha kõrinishingiz yahshi.


Shahina: Ha rahmat yahshiman


Diyorbek: Shahina Sohibjon kim

Shahina: Ishxonamdagi sherigim. Nega tinchlikmi.

Diyorbek: Ha tinchlik shunchaki sõradimda doktorxonada meni urgan yolğonchi bolami.

Shahina:Ha lekin yolğonchimas.

Diyorbek: Unashtirilgan qizim deb aldaganku.

Shahina: Ha. Endi kelmasangiz ham bõladi ahvolim ancha yahshi qõlimdagi gipsni yechsam bõldi.

Diyorbek: Hop gipsni yechgani õzim doktorga olib boraman.

Shahina: Shart emas õzim boraveraman.

Diyorbek: Yõq bir marta hop deng.


Shahina indamadi biroz gaplashib Diyorbek uyiga ketdi.

Shahinani uyiga sovchilar kelardi tinmasdan.
370 viewsMohi, 06:51
Ochish/sharhlash
2023-05-20 09:51:15 Qiyomatga qolgan baxt



33-qism



Shunday qilib kunlar õtdi Sohibjon va Diyorbek har kuni kelishardi. Sohibjon ham uyidagilarni olib keldi. Diyorbekni onasi ham bir necha bor keldi. Onasi rozi bõlmadi chunki Diyorbek ham Sohibjon ham tojik edi. Xayot_sahifam



Shahina bõlsa Sanjarni õylab siqilardi. Na qõnğiroq qilardi na habar yuborardi.

Uyidagilari boshqa qaytib kelmadi. Sanjar gõyoki yerda ham kõkda ham yõqdek edi. Shahina na iloj taqdiri shunday ekanligiga kõnika boshladi.


Sanjar haqidagi hayollari bilan yashay boshlagandi. Sanjarni hech kimga ishonmay sevardi. Hammadan qizğonib pinhona hech kimga aytmay sevardi.



Shahina Sanjarni qanday sevsa. Bu yoğda Sohibjon Shahina Sanjarni sevganchalik sevardi. Har kuni kech bõldi deguncha ichib olib yarim tunda qabristonga borardi. Akasi va dadasini qabriga borib nola qilib yiğlardi. Qaytar dunyo deganlari shu bõlsa kerak. Senga kimlar zor sen boshqa insonga zorsan.


Sohibjon ichib olib Shahinaga qõnğiroq qilardi. Aybim nima edi sevishinga arzimadimmi nimam kam boshqalardan baxtli bõlishga haqqim yõğmi .


Nega nega ahir meni qiynaysan bir oğiz roziman deganingda bir umr bahtli qilardim malikalardek yasharding hech kimdan kam qilmasdim.

312 viewsMohi, 06:51
Ochish/sharhlash
2023-05-20 09:50:59 Qiyomatga qolgan baxt


32-qism



Diyorbek: Shahina onam nimaga kelganlarini bilasizmi?


Shahina: Yõq. Xayot_sahifam


Diyorbek: Sovchilikka keldilar.

Shahina: Sizgami mendan kichkinasizku

Diyorbek:Nima qilibdi 1 ta qozon olib bororasta.

Shahina: Siz boshiz bilan urishib qolmaganmisiz mobodo.

Diyorbek: Yõq albatda


Shahina: Gaplarimni yahshilab eshiting hayot sizga õyinchoq emas hali siz yoshsiz hayot nimaligini tushunmaysiz õyinchoq deb õylaysiz hayotni siz faqat oq tomonlarini kõrasiz ota-onangiz yashash uchun hamma sharoitni qilib bergan ularga munosib bõling. Bir ishni boshini ushlen keyin agar mobodoga tõy bõlsa sizga qõshib meni ham bowishadimi uyizdagilar.

Diyorbek: Yuq õzimni ishim bor. Siz õylagan bollardan emasman yosh bõlsam ham õzimni sexim bor tadbirkorman. Ota-onamni qaramoğidan chiqqanman 18 ga kirdim. Xayot_sahifam
Bilasizmi men bir oğiz gapirishimga qancha qizlar zor siz bõlsa meni yerga uryabsiz.

Shahina: Men sizni yerga urmadim aksincha tõğri yõl kõrsatdim holos. Qanchasi sizga zor bôlsa õshalarga gapiring menga emas meni tinch qo'ying.

Diyorbek: Men sizni tanladim. Ko'chadagi qizlarni emas.

Ikkisi tortishib õtirishdi Diyorbekni onasi chiqdi mayli qizim soğayib keting biz yana kelamiz.

Shahina: Hop rahmat yahshi boringlar uzr chiqolmayman.

Diyorbek: Hijolat bõlmang.

Kulib chiqib ketdi.
294 viewsMohi, 06:50
Ochish/sharhlash
2023-05-20 09:50:50 Qiyomatga qolgan baxt




31-qism.


Sohibjon uyga kirdi onasi olib kirdi. Shahina yotgandi Sohibjonni kõrib õrnidan turdi.

Sohibjon: Yahshimisz.

Shahina: Assalomu alaykum

Sohibjon: Volekum assalom. Ahvoliz yahshimi.

Shahina: Ha rahmat yahshiman õzingiz yahshimisz. Shart emasdi nima qilardingiz ovora bõlib kelib.

Sohibjon:Unday demang sizni kõrmasam bõlmasdi kõnglim joyiga tushmasdi.

Shahina: Rahmat sizga vaqt ajratib kelganingiz uchun.

Sohibjon: Rahmat aytmang bu nima deganingiz Diyor keldimi.

Shahina: Yõq hali kelgani yõq.

Sohibjon: Ha yahshi .

Shahina: Ishxonadagilar yahshimi ishlayabsilarmi charchamay.

Sohibjon: Ha rahmat hamma yahshi salom aytishgandi. Ishxonadagilar ham erta indin kelishmoqchi.

Shahina: Rahmat hojati yõq men yahshiman kelishmay qõyaverishsin.




Shunday qilib bir oz gaplashishdi Sohibjon ketdi.
1-2 soatlardan sõng Diyorbek bilan onasi keldi.


Shahina Diyorbekni onasi bilan sõrashdi Diyorbekga ham salom berib salom alik qildi.

Diyorbek:Ona men sizga aytgan qiz shu bõladi dedi.(kulib)

Shahina hech narsaga tushunmasdi. Jim turardi Shahinani onasi Diyorbekni onasini boshqa uyga olib kirib ketdi.Diyorbek asta gap boshladi...

284 viewsMohi, 06:50
Ochish/sharhlash
2023-05-20 09:50:39 Qiyomatga qolgan baxt



30-qism.



Diyorbek: Agar sizning õrningizda boshqasi bõlganda hech narsa qilmagan bõlsa ham doktorga yotib olardi.

Shahina: Menga ortiqcha muammo kerak emas.


Diyorbek: Shahina men sizni kechani õzidayoq yoqtirib qoldim qarang bu balki biz tanishishimiz uchun bir bahonadir.

Shahina: Nimalar deyapsiz yozib bermasin deb bu gaplarni aytyabsizmi qõrqmang yozmayman men noinsoflardan emasman sizning pulingiz bilan boyib ketmayman.


Diyorbek: Yõq Shahina rostan yoqtirib qoldim qoldim.

Shahina: Men siz õylagan qizlardan emasman.

Diyorbek: Bilaman siz mening orzuimdagi qizsiz.

Diyorbek rostdan ham Shahinani yoqtirib qolgandi. Doktorni honasiga ham birga kirardi kim bõlasiz deyishsa akasiman derdi. Shahina hayron indamasdi. Shunday qilib hali doktorxona hali Militsiya hona qilib soatni kech qilishdi. Diyorbek uylariga olib kelib qõydi.

Sohibjon ham telefon qilib har soatda hol ahvol sõrab turardi. Ertansiga Shahinani kõrish uchun Sohibjon keldi...
279 viewsMohi, 06:50
Ochish/sharhlash
2023-05-20 09:50:15 Qiyomatga qolgan baxt


29-qism



Tong otdi Shahinani yuzlari ishib kõkarib ketgandi. Soat 8 larda urib yuborgan bola telefon qildi ismi Diyorbek ekan. Tayyor bulib turing olib ketaman dedi. Hop deb Shahina tayyorgarlik kõrdi onasi ham boradigan bõldi. Diyorbek keldi 2004-yil bola ekan.



Soat 9 larda uydan chiqishdi. Doktorga olib bordi rengin uzi qildirishdi yahshi chiqdi wimirlamay yotasiz dedi. Diyorbek 2 -3 metr yuradigan joyga ham mashinada olib borardi. Sherigini ham olib kelgan ekan. Sherigi bilan Shahinaning onasi oldiga õtib doktordan navbat kutib turishardi. Shahina bõlsa chõloğlanib zõrğa yurardi Diyorbek ham Shahina bilan birga yurardi.

Diyorbek: Mendan katta ekansiz Shahina desam maylimi hafa bmaysizmi?

Shahina: Ha mayli hafa bõlmayman

Diyorbek: Rahmat Shahina sizga bur gap aytsam notõğri tushunmaysizmi?

Shahina: Yõq ayting.

Diyorbek: Siz farishta emasmisiz.

Shahina: Bu nima deganingiz.

Diyorbek: Kecha avarya bo'lgandan keyin kõzlarizga qarab keldim bugun ham ertalabdan beri sizga qarayabman. Zarracha yomonlikni kõrmayabman. Hatto arizam yõq deb yozib beraman deyapsiz. Siz qanday qizsiz.


Shahina: Bilmadim bõlishi kerak bõlgan narsa bõladi bunga sizning aybingiz yõq siz bir sababchisiz holos. Keyin davoim yõq deb yozib berishimni sababi yosh joningizga sudangan degan tamğa bosilishini hoxlamayman meni ham ukam bor...


Davomini bor...

282 viewsMohi, 06:50
Ochish/sharhlash
2023-05-20 09:50:05 Qiyomatga qolgan baxt



28-qism



Shahina uyiga kirib keldi allaqachon uydagilar eshitishgan ekan. Hamma qo'rqib ketgan. Shahina men yahshiman dedi. Ovqatlandi va yotish uchun honasiga kirdi. Sohibjonga tel qildi.


Shahina :Alo Assalomu alaykum

Sohibjon:  Volekum assalom Shahina yahshimisz ahvoliz yahshimi hech qayeringiz oğrimayabdimi?

Shahina: Rahmat yahshiman biroz oğriyabdi holos.


Sohibjon:  Agar militsiyalar bõlmaganda u bolani õldirishga ham tayyor edim.

Shahina: Unday demang bu bir baxtsiz hodisa holos. Agar usha yerda jon berganimda nima bo'lardi. Hudoga shukr hech narsa qilmadi deyarli.

Sohibjon: Shahina bir gap aytsam ustimdan kulmaysizmi.?

  Shahina:  Yõq aytavering bemalol.

Sohibjon: Bugun õğil bola bõlib turib birinchi marta qõrqdim. Sizni yõqotib qõyishdan qõrqtim. Õzi sizdek qizni zõrğa topdim.

Shahina: Bu nima deganingiz men sizga ha degan javob bermaganman. Men sizni qiynashni hoxlamayman. Meni uniting õz manzilingiz tomon yuring.

Sohibjon: Yõq Shahina sizni unutolmayman siz menga keraksiz sizni birinchi kõrgan kunimoq yoqtirib qolganman siz bolalar kabi beğuborsiz.

Shunday qilib 30 minutcha gaplashishdi. Shahinani onasi bugun sen bilan yotaman dedi. Birga yotishdi Shahina uhlolmadi oğriqdan. Oyog'i qõli yuzi daxshatli azob berardi...  
299 viewsMohi, 06:50
Ochish/sharhlash
2023-05-20 09:49:40 Qiyomatga qolgan baxt


27-qism


Shahina yerga õtirib qoldi shokda edi. Turolmasdi Muhlisa yugurib keldi shafyor bola mashinadan tushdi yonida sherigi bor ekan u ham tushdi. Shahinani ko'tarib mashinaga olib chiqti. Õzini bilib turardi ammo anglolmasdi. Yahshmisiz deyishsa ha derdi holos.


Dõkondan muzdek suv olib chiqishdi Shahinaga ichirishdi yuzi ishib ketgandi qõli oyog'i qattiq oğrirdi. Tez yordamga shifoxonaga olib borishdi. Shahinani tekshirishdi qõli lat yebdi gips qilishdi. Oyog'i ham ozgina lat yebdi lekin yahshi gips qilishmadi yuzi borgan sari ishib kõkarib ketardi. Avtohalokatni Sohibjon eshitibdi Shahinani kõrgan shifokor uni ustozi bõlarkan telefon qilibdi.


Doktor: Shahinaxon Sohibjonni taniysizmi.

Shahina: Ha birga ishlaymiz nega tinchlimi.

Doktor: Ha kelayotgan ekanda shunga aytdim qõydim.

Shahina: Ha


Ichki ishlar hodimlari so'roq qilishdi ertaga pasportingiz bilan kelasiz ariza yozib berasiz deyishdi. Shahina hop dedi. Shu payt Sohib kirib keldi. Mashinada urib yurgan bolani yuziga musht tushirdi. Shahina qo'rqib ketti.

Militsiya: Õzingizni bosing kim bõlasiz siz.

Sohibjon: Unashtirilgan qizim bõladi.

Hamma jim.

Doktor: Olib ketaveringlar ertaga kelasizlar boshqatdan rengin qilamiz.

Shahinalarni Sohib olib kelib qõydi. Yõlda bir oğiz ham gapirmadi faqat Shahinaga qarab kelardi. Uyga yaqin qolganda.

Sohibjon: Shahina nomerimni yozib oling muhim gapim bor.

Muhlisa: Qanaqa gap aytavering.

Sohibjon: Siz umuman aralashmang jim keting.

Muhlisa hop dedida boshqa gapirmadi. Uylariga yetib kelishdi. Rahmat aytib tushishdi.


Sohibjon: Kutaman qõnğiroq qiling.
359 viewsMohi, 06:49
Ochish/sharhlash