Get Mystery Box with random crypto!

Issiq ish joyi Ota-onamning bizni o’qitishlaridan asosiy ma | Jamshidbek Codes

Issiq ish joyi

Ota-onamning bizni o’qitishlaridan asosiy maqsadligi, biz issiq so’vuqda ularga o’xshab qiynalib yurmasligimiz bo’lgan. Men ham yoshligimdan, yaxshi kasbni egasi bo’lsang, qo’ling qadoq, terlamasdan pul topasan degan gapni eshitganman. Bu motivatsiyani natijasini hozirgidek sovuq kunlarda sezishni, eslashni boshlayman. Alhamdulillah, qalbda hotirjamlik bilan, issiq xonada, issiq choy ichib kod yozib o’tiribmiz. Bu birinchidan Allohni marhamati, keyin ota-onamiz va oxiri bizning mehnatimiz mahsuli. Hozirgi holatimiz uchun Allohga shukur, ota onamizga rahmat aytshimiz kerak.

Ishi ko’chada, ochiq havoda, sovuq bo’lsa ham, tunni tonga ulab, dalada yoki qurilishda halol mehnat qilayotganlar qancha. Albatta jamiyat uchun har bir kasb egasini o’rni bor, ularni ishini qadrini pasaytirmoqchi emasman. Lekin, hozir o’qiyotgan kitobimiz, olayotgan bilimimiz, qilayotgan mehnatimiz, ertaga albatta o’zini mevasini beradi, halol yo’l va jismoniy mehnatsiz rizqimizni topamiz.

Shuning uchun ham, Mirshakar aka aytganiga o’xshab, “men bu pechkani yoqaman” deb harakat qilish kerak.

@khumoyun_codes