Get Mystery Box with random crypto!

​ Qanday qilib JavaScript veb-sahifadagi interfaollikni yaxsh | Jamshidbek | IT Blog

Qanday qilib JavaScript veb-sahifadagi interfaollikni yaxshilaydi?

JavaScript dasturlash tili, veb-sahifadagi interfaollik (interactivity)ni yaxshilaydi, negaki unda sahifa strukturasini va kontentini o'zgartirish uchun yetarlicha huquqlar mavjud.

JavaScript orqali ham huddi CSS kabi sahifadagi har qanday element, attribut yokida ma'lumotni tanlab olish mumkin. Masalan:
- Sahifadagi barcha h1 elementlarini ichidagi matnni olish.
- Sahifadagi barcha class attributli va qiymatlari note ga ega bo’lgan elementlarni olish.
- id attributiga email qiymatini olgan kiritsh maydoni (input field) nima yozilganini bilish.

JavaScript dasturlash tili orqali sahifaga elementlar, attributlar va matnlarni qo'shish (olib tashlash va o'zgartirish) mumkin. Masalan:
- h1 darajasidagi sarlavha qo’shish.
- class attributidagi qiymatlarni o’zgartirish bilan CSS dagi yangi qonun qoidalarni (stillarni) qo’shish yoki olib tashlash.
- img elementini pozitsiyasini yoki o'lchamlarini o'zgartirish.

JavaScript brauzer bajarishi kerak bo'lgan jarayonlar (process) ketma-ketligini ko'rsatishga yordam beradi. Bu ketma-ketlik sahifa va kontentni o'zgartirish va yangilashga huquqlarni (access) taminlaydi. Masalan:
- Galereyadan foydalanish dasturi, foydalanuvchini qaysi rasmni ustiga bosganini bilib, uni kattalashtirgan tarzda ko'rsatishi mumkin.
- Ipoteka kalkulyatori kiritish maydonlaridagi (input) qiymatlarini olib, hisob kitoblarni bajarib, to'lov summasini ko'rsatishi mumkin.
- Animatsiya uchun qo'shimcha yordamchi sifatida elementni sahifani ko'rinish qismini o'lchab, uning eng pastiga kerakli bo'lakni joylashtirishi mumkin.

JavaScriptda dasturlashdagi ko'plab taniqli qonunlar amalda qo'llaniladi. Bu o'z o'rnida sahifani interfaol qilib foydalanuvchi harakatlariga munosib javob qaytarishga yordam beradi. Bu bilan birgalikda JavaScript biron bir aniq hodisadan keyin ishga tushadigan ketma ketliklarni yaratishga imkon yaratadi. Bu hodisalar quyidagicha bo'lishi mumkin. Masalan:
- Foydalanuvchi tugmachani bosdi.
- Sichqoncha ko'rsatgichi (kursor) qandaydir elementni ustiga bordi.
- Foydalanuvchi kiritish shakliga (input form) qiymatlar yozdi
- Oldindan belgilangan vaqt intervali bosib o'tildi.
- Sahifa yuklanish jarayoni tugadi.

#javaScript

@Jamshidbek_Husanov