Get Mystery Box with random crypto!

Diqqat yoshlarga #Sevishib_yurganlarga_taaluqli (Mahram sifa | Jalolova's blog🪐

Diqqat yoshlarga
#Sevishib_yurganlarga_taaluqli (Mahram sifatida nikohlilar bundan mustasno)
Alloh uchun bir birini sevganlar va ularning shirin so’zlari

Sen bilan birga Sirot’dan qo’llaringdan tutgan xolda o’tishni istayman.

Sen bilan birga tahorat uchun xammomni talashishni istayman.

Soqolingdan oqayotgan tahorat suvini, ro’molim bilan artishni istayman.

Sen bilan birga Jannat eshiklaridan kirishni istayman.

Qachonki sajda qilsang menga habar ber, yerni o’pay. Chunki xozir peshonangdan o’pishning yagona yo’li shu.

Bilasizmi, ular xattoki bir birlarini bomdod Namoziga uyg’ontiradilar. Qiz yigitga qo’ng’iroq qiladi va uyg’oning, Jannatga bir o’zim kirishni istamayman deydi.

Yigit qizning Hijobga kirishini, Namoz o’qishini istaydi. Begona erkaklardan uzoq bo’lishini aytib, rashk qiladi. Internetdagi sahifalarni o’chirishini istasa, qiz darhol o’chiradi. Qiz bir nima yegisi kelsa, yigit darhol olib keladi. Qisqa qilib aytganda er-xotinchilik o’ynaydilar.

Qimmat baho sovg’alar qizning qalbidan o’zgacha bir joy egallaydi. Bu shunday davom etadi.
Qiz yigitga va yigit qizga minglab hadislar va oyatlar o’qib beradi. Romantik islomchilar!

Lekin... Bir kun kelib yigit

Men senga loyiq emasman. Sen mendan xam yaxshirog’iga loyiqsan... deydi-yu tark etadi uni. So’ng bechora qiz, yaralangan qalbidan tomchi-tomchi to’kilayotgan so’zlarni yigit uchun atab yoza boshlaydi;

Biz bilan qolganlar omon bo’lsinlar, shukur deymiz borligingizga. Bizni tark etganlar unut bo’lsinlar, biz ko’nikdik yo’qligingizga.


Mana shularni siz sevgi deb o’ylaysizmi? Sevgi agar bunday bo’lsa xaromdir. Bir birini bomdodga uyg’ontirish ikki inson orasida nikoh paydo qilib qo’ymaydi. Bunday orzular qurish, xaromni xalollashtirib olishdir. Yigitning, o’ziga mahram bo’lmagan qizni rashk qilib, Hijobga kir va Namoz o’qi deyishiga nima deysiz? Birovning mahramiga xo’jayin go’yoki ERKAK. Tag’in, qo’llaridan ushlab Sirotdan o’tarmush. Sirotning daxshatini ko’rgach, na qo’l esga keladi, na qo’lni egasi.

Sevish gunoh emas. Lekin, Allah chizgan chiziqdan tashqariga chiqish gunoh. Mana shunday bo’mag’ur orzular qurish xarom. Peshonasi tekgan yerni o’pish, bu nima degani?
Qaysi payg’ambar va qaysi sahoba bu ahmoqona ishni qilgan? Birini sevgach, sabr bilan toki haloli bo’lguncha kutish, qalb egasiga xech qanday zarar bermaydi. Chunki o’sha qalbning egasi, halol doiradan chiqmay, Alloh uchun sevganini o’sha xalol doirada kutadi. Nasibi bo’lsa, albat bir kun kelishini bilgani uchun. Hattoki sevganining ovozini eshitishdan xayo qiladi.

Xaromni xalollashtirib olmang. Ko’zingizni oching. Shaytonning xiylalariga qul bo’layotganingizni ko’ring. Xalol yo’l bilan boshlangan sevgi, xalol yo’lda davom etsagina Allah’ning rizosiga va Jannatga yetib bora oladi.


Va, yana yoshlarga va tengdoshlarimga aytamanki:

Hozirda qanday yuribsiz..?
Taqvo bilanmi?
Ibodatlaringiz joyidami?
Yoki aksimi?

Bo‘lajak ayolingiz (turmush o‘rtog‘ingiz) ham shunday yuribdi..!
Maylimi!?
Rozimisiz?

Rozi bo‘lmasangiz o‘zingizni isloh qiling, Allohga taqvo qiling...

(Nur surasi 26-oyatni eslang!)

Kimlargadur tegip ketsa xursand bo‘lamiz...
(Shoyadki bu yoʻldan qaytsangiz)

Kaktus qalb