Get Mystery Box with random crypto!

Shvesiya qirg‘oqlarida ikkita yuk kemasi to‘qnashib ketdi Yak | Jalol Murad

Shvesiya qirg‘oqlarida ikkita yuk kemasi to‘qnashib ketdi

Yakshanba kuni Britaniya va Daniyaning ikkita kemasi Shvesiyaning Istad shahri va Daniyaning Bornxolm oroli o‘rtasidagi suvda to‘qnashib ketdi. Hodisa natijasida Daniyaning kichikroq Karin Hoej kemasi ag‘darilib ketdi, deb xabar bermoqda TT agentligi.

Hodisa oqibatida ikki kishi bedarak yo‘qolgan. Sohil xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, ular besh soatdan beri topilmadi. Yo‘qolganlarni qidirishda olti kichik kema, ikkita savdo kemasi hamda Shvesiya va Daniya vertolyotlari ishtirok etmoqda. Daniya TV 2 telekanaliga ko‘ra, bedarak yo‘qolganlar ag‘darilgan kema ichida qolib ketgan bo‘lishi mumkin.

Hodisa haqidagi xabar Shvesiya dengiz boshqarmasiga 04:30 da Scot Carrier Britaniyaning kemasidan kelib tushgan. Ekipaj a’zolarining aytishicha, ular suvdan kelayotgan qichqiriqni eshitishgan. Kemadan rezina qayiq tushirilgan, ammo hech kim topilmagan.

@jalolmurad • Manba