Get Mystery Box with random crypto!

Koreyalar o‘rtasidagi 71 yillik urush rasman tugashi mumkin J | Jalol Murad

Koreyalar o‘rtasidagi 71 yillik urush rasman tugashi mumkin

Janubiy va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi urushga rasman nuqta qo‘yilishi mumkin. Bu haqda Janubiy Koreya Prezidenti Mun Chje In bugun, 13 dekabr kuni Avstraliyadagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Koreya Respublikasi Prezidenti rasmiy davlat tashrifi bilan Avstraliyada bo‘lib turibdi. U Avstraliya Bosh vaziri Skot Morrison bilan o‘tkazilgan qo‘shma yig‘ilishda, agar KXDR rahbari rozi bo‘ladigan bo‘lsa, ikki Koreya o‘rtasida urush rasman tugatilishini ta’kidladi.

Prezidentga ko‘ra, rasmiy Pxenyan va Seul AQSH hamda Xitoy vositachiligida 1950-1953 yillarda Koreya yarimorolining ikkiga bo‘linishiga sabab bo‘lgan urushni rasman tugatishi mumkin. Buning uchun faqatgina Shimoliy Koreya rahbarining o‘z talablaridan voz kechib, muzokaralar stoliga o‘tirishi kifoya.

@jalolmurad • Manba